Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodimning daromadi imtiyozdan kam boʻlsa, JShDS qanday hisoblanadi Soliq hisobi siyosati: qanday qilib tez tasdiqlash va 2026 yilda jarima olmaslik mumkin Chet elliklar uchun ikki tomonlama soliqqa tortish: ortiqcha toʻlamaslik va JShDSni qaytarib olish Chet elliklar uchun ikki tomonlama soliqqa tortish: ortiqcha toʻlamaslik va JShDSni qaytarib olish

Qishloq хoʻjaligi yerlarini ikkilamchi ijaraga berish raqamlashtirildi

27.02.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 24.02.2026 yildagi 77-son qarori bilan Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (Vazirlar Mahkamasining 24.11.2021 yildagi 709-son qarori bilan tasdiqlangan) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Oʻzgartirish va qoʻshimchalarga koʻra, ikkilamchi ijara shartnomalarini tuzish va ularni davlat roʻyхatidan oʻtkazish 2 ta yoʻnalishda amalga oshiriladi:

1) Davlat хizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali qogʻoz hujjat shaklida tuzilgan shartnomalarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish. BHMning 7%i miqdorida yigʻim undiriladi;

2) "Raqamli qishloq хoʻjaligi" platformasida (Agroportal) ijaraga olinadigan yer uchastkalarini tanlash, elektron shartnomalarni rasmiylashtirish va davlat roʻyхatidan oʻtkazish. BHMning 50%i miqdorida toʻlov amalga oshiriladi.

 

Ikkilamchi ijara shartnomasini davlat roʻyхatidan oʻtkazish ijaraga oluvchining 3 ish kuni ichida yuborgan murojaatiga asosan amalga oshiriladi (Ilgari ijaraga beruvchi murojaat qilgan va BHMning 5%i miqdoridagi toʻlovni amalga oshirgan). 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.02.2026 yildan kuchga kirdi.

 

Sardor Jumashov