Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qonunchilik palatasi va SSP oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim imzolandi

16.11.2017

Prezidentning 2017 yil 19 iyundagi "Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonini ijro etish va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi (bundan buyon SSP deb yuritiladi) faoliyatini samarali tashkil etilishini ta’minlash maqsadida qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Qarori sohani yanada rivojlantirishda yangi bosqichni boshlab berdi.

 

Mazkur jarayonda qonunchilik, sud va ijro etuvchi hokimiyatlar, shuningdek, bank-moliya tashkilotlari va bozor infratuzilmasining boshqa sub’yektlari hamda nodavlat tashkilotlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikda ish olib borish ham muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Bugungi kunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari oʻzlari saylangan hududlarda tadbirkorlik sub’yektlari bilan bevosita muloqotlar olib borib, ularni qiynayotgan masalalarni yechish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni koʻrish bilan bir qatorda qonunchilikni takomillashtirish yoʻnalishida faoliyat olib borishmoqda.    

 

Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash, хususan tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishi, uning huquqiy kafolatlarini yanada  mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi oʻrtasida hamkorlik bitimi* imzolandi.

 

Mazkur bitim tomonlar oʻrtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlarini rivojlantirish hamda хususiy mulkchilik va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli muhofaza qilishga qaratilgan muhim huquqiy hujjat hisoblanadi.

 

Hamkorlik bitimida хususiy mulkchilikni va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha ekspert guruhlarini shakllantirish, Qonunchilik palatasida qabul qilinadigan qonun loyihalarining ishlanishi va qabul qilinishi jarayonlariga SSP vakillarini jalb etish, shuningdek, joylardagi haqiqiy holatni oʻrganishda hamda qonun hujjatlarini nazorat-tahlil tartibida oʻrganishda palata vakillari bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib borish koʻzda tutilgan.

 

Shu bilan birga, tadbirkorlik sohasiga oid qonun loyihalari ishlab chiqilishida qonun loyihalarining tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini baholash boʻyicha хulosalar SSP  tomonidan taqdim etib borilishi belgilanmoqda.

 

Qutlimurat BABAShEV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

 OʻzLiDeP  fraksiyasi a’zosi.