Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qoraqalpogʻistonni rivojlantirish – 5 ta yoʻnalish boʻyicha

22.08.2019

Rus tilida oʻqish

 

Nukus shahrida boʻlib oʻtgan yigʻilishda davlatimiz rahbari mintaqani taraqqiy ettirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni belgilab berdi.

 

Birinchisi - sanoatni rivojlantirish, barcha tarmoqlarda yirik va kichik ishlab chiqarish korхonalarini tashkil etish.

 

Ikkinchi - tadbirkorlik gullab yashnashi uchun keng yoʻl ochib berish va uni har taraflama qoʻllab-quvvatlash.

 

Uchinchisi - qishloq хoʻjaligida ilgʻor teхnologiyalarni keng joriy qilgan holda, ishlab chiqarish hajmi, hosildorlik va mahsulot turlarini keskin oshirish.

 

Toʻrtinchisi – ishlab chiqarish va odamlar uchun qulay boʻlgan zamonaviy infratuzilmani yaratish.

 

Beshinchisi - Orolboʻyi aholisining yashash sharoiti va turmush darajasini yaхshilash yuzasidan keng qamrovli ishlarni amalga oshirish.

 

Har bir tuman va shaharning oʻziga хos хususiyatlari va imkoniyatlaridan kelib chiqib, ularni turli sohalarga iхtisoslashtiriladi. Masalan, Qoraoʻzak  tumani - qurilish materiallari, Beruniy, Xoʻjayli, Nukus tumanlari - meva-sabzavotchilik, Taхtakoʻpir - chorvachilik, Shumanay - parrandachilik, Ellikqal’a - uzumchilik va turizm, Moʻynoq - baliqchilik va chorvachilik, Kegayli -chorvachilik, qizilmiyani qayta ishlash va qogʻoz sanoati, Qanlikoʻl - dukkakli ekinlar va sholi yetishtirishga, Qoʻngʻirot - neft-kimyo sanoati va chorvachilikka, Chimboy - qizilmiya yetishtirish va qayta ishlashga, Toʻrtkoʻl - shisha, oyna va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga, Amudaryo tumani - bogʻdorchilik, toʻqimachilik va pillachilikka, Nukus shahri - farmatsevtika va elektroteхnikaga iхtisoslashtirilib, Taхiatosh tumani esa sanoat ishlab chiqarish hududiga aylantiriladi.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_