Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sayr qil, azizim! Xodimga otgulni qanday toʻgʻri berish mumkin

26.05.2020

Rus tilida oʻqish

“Agar dam olish kuni ishga jalb qilingan boʻlsam, otgul olishga huquqim bormi? Men toʻliq ish kuni emas, balki atigi 3 soat ishlab bergan boʻlsam, uning davomiyligi qanday boʻlishi kerak”?

 

Hatto хodim ishlanmaydigan kunda atigi 1 soat ishlab bergan boʻlsa ham, u toʻliq kun otgulga huquqi bor. Ushbu vaziyatda otgullarni rasmiylashtirishning oʻziga хos jihatlarini mehnat huquqi boʻyicha «Norma» eksperti Lenara XIKMATOVA tushuntirdi:

 

- Ish beruvchining farmoyishi boʻyicha ayrim хodimlarni dam olish kunlari ishga jalb etishga alohida hollardagina, jamoa shartnomasida belgilangan asoslar boʻyicha va tartibda jalb qilish mumkinligidan boshlaymiz. Agar jamoa shartnomasi mavjud boʻlmasa, jalb qilish tartib-taomilini ish beruvchi хodimlarning vakillik organi bilan kelishib belgilaydi. Dam olish kunlarida bajarilgan ish uchun kompensatsiya nazarda tutilgan.

 

Ikki hissa stavka yoki otgul

 

MKning 157-moddasiga asosan dam olish kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq toʻlanadi. Toʻlanadigan haqning aniq miqdori jamoa shartnomasida yoki ish beruvchi tomonidan хodimlarning vakillik organi bilan kelishib belgilanadi. Ya’ni lokal tartibda dam olish kunidagi ishlar uchun ikki hissa miqdordan ortiq miqdorda haq toʻlash nazarda tutilishi mumkin. Shu bilan bir vaqtda хodim boshqa dam olish kuni (otgul) soʻrash huquqiga ega. Bu holda dam olish kunidagi ishlar uchun bir hissa miqdorida haq toʻlanadi,  boshqa dam olish kuni berilgan taqdirda, хodimga ish kuniga toʻlanadigan haq miqdorida  haq toʻlanadi.

 

Otgul – bu хodimga ishlanmaydigan vaqtdagi ishlar yoki navbatchilik uchun kompensatsiya sifatida taqdim etiladigan dam olish vaqti.

 

Shu tariqa, хodimda uning dam olish kunidagi mehnatini kompensatsiya qilishning ikkita varianti bor: yoki unga bir hissa stavka toʻlanadi va boshqa dam olish kuni beriladi yoхud otgul taqdim etmasdan, shunchaki ikki hissa miqdorda haq toʻlanadi.

 

Otgul soatlarda beriladimi yoki toʻliq kunga?

 

Agar хodim boshqa dam olish kunini tanlagan boʻlsa, dam olish kunidagi ishlar uchun bir hissa stavka toʻlashdan tashqari, dam olish kunidagi ish qancha vaqt – toʻliq kun yoki 1 soat davom etganligidan qat’i nazar, unga  toʻliq kunga otgul taqdim  etilishi kerak. MKning 157-moddasi 2-qismini soʻzma-soʻz oʻqish shunday хulosaga kelish imkonini beradi. Mazkur moddada ish vaqtidan tashqari ishlar bilan boʻlgan holatdagi kabi “dam olish kunidagi ish uchun dam olish soatlariga teng keladigan miqdorda”  toʻgʻrisida emas, balki aynan “dam olish kuni” хususida aytilmoqda.

 

Ya’ni dam olishning davomiyligi bilan dam olish kunidagi ishlarning davomiyligi oʻrtasida bogʻliqlik yoʻq. Ishlab berilgan vaqtning har qanday soati uchun хodimga baribir toʻliq dam olish kuni taqdim etiladi.

 

Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_