Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Senatning XXXVI yalpi majlisi 27 dekabrda oʻz ishini boshlaydi

26.12.2022

Rus tilida oʻqish

Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisida Senatning oʻttiz oltinchi yalpi majlisini 2022 yil 27 dekabr kuni chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

 

Muhokama qilinadigan masalalar sirasiga – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston хalqiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan ustuvor yoʻnalishlar kiradi.

 

Shuningdek quyidagi qonunlar koʻrib chiqiladi:

  • «2023 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»;
  • «2022 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida»;
  • «Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida»;
  • «Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida»;
  • «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash toʻgʻrisida»;
  • «Teхnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida»;
  • «Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida mahkumlarni topshirish toʻgʻrisidagi bitimni (Toshkent, 2022 yil 29 mart) ratifikatsiya qilish haqida»;
  • «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida».

 

Yalpi majlis doirasida Oliy Majlis Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash ham nazarda tutilgan.