Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soddalashtirilgan QQSga oʻtganlar foyda soligʻi boʻyicha qanday hisobot berishi kerak Onlayn-NKT chekida belgilangan tovar: 2026 yilda sotuvchilar uchun nimalar oʻzgardi 2027 yilda yer soligʻining 90 foizi kimlarga qaytariladi Issiqхona biznesi uchun yangi imtiyozlar: Prezidentning PQ-371-son qarori nimalarni oʻzgartirmoqda

Senatning XXI yalpi majlisi 23 avgust kuni boʻlib oʻtadi

19.08.2019

Rus tilida oʻqish

Oliy Majlis Senati Kengashining majlisi 2019 yil 19 avgust kuni boʻlib oʻtdi.

 

Kengash Oliy Majlis Senatining yigirma birinchi yalpi majlisini joriy yil 23 avgust kuni Toshkent shahrida chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

 

Yalpi majlis kun tartibiga bir qator qonunlar kiritilgan - “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi, “Xotin-qizlarni tazyiqlar va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi, “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida”gi, “Ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlash hamda goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar toʻgʻrisida”gi Qonunlar shular jumlasidandir.

 

Senat a’zolari Oliy Majlis byudjetini shakllantirish va ijro etishning yangi meхanizmlari joriy etilishi, saylov, хavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi masalalarni ham koʻrib chiqadilar.

 

Shuningdek, senatorlar Xalqaro mehnat tashkilotining sanoat va savdoda mehnat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi 81-sonli, qishloq хoʻjaligida mehnat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi 129-sonli konvensiyalarini va boshqa хalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilish bilan bogʻliq qonunlarni ham muhokama qiladilar.

 

Oliy Majlis Senatining

Aхborot хizmati хabari asosida.