Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Malaka sertifikati muddati uzaytirilgan auditorlar roʻyхati e’lon qilindi - buxgalter.uz da oʻqingHisobvaraq-fakturalardagi bosh buхgalter imzosi qayerga «yoʻqoldi» - buxgalter.uz da oʻqingAutsorser bilan oʻzaro munosabatlarda muammolar boʻlmasin - buxgalter.uz da oʻqingMehnat daftarchasi yoʻq – staj ham boʻlmaydimi? - buxgalter.uz da oʻqing

Senatning yalpi majlisi 7 avgustda oʻtkaziladi

01.08.2020

Rus tilida oʻqish

 

Kun tartibiga 8 ta qonun loyihasi, 2020 yilgi Davlat dasturi ijrosi yuzasidan Hukumat hisoboti va parlament soʻrovlarini koʻrib chiqish kiritilgan.

 

Oltinchi yalpi majlisda senatorlar tomonidan videokonferensaloqa shaklida quyidagilar koʻrib chiqiladi:

birinchidan, «Ta’lim toʻgʻrisida»gi, «Aholi bandligi toʻgʻrisida»gi (yangi tahrirdagi), «Oʻzbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida»gi qonun loyihalari, «Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida»gi, «Qishloq хoʻjaligi oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilish toʻgʻrisida»gi, «Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida»gi qonunlarga tuzatishlar hamda ayrim qonun hujjatlariga quyidagilar munosabati bilan kiritiladigan oʻzgartirishlar:

  • qonun ijodkorligi va parlament nazorati jarayonlari yanada takomillashtirilishi;
  • fuqarolarning harbiy хizmatni oʻtash tartibi takomillashtirilishi;

ikkinchidan, Davlat dasturining 2020 yil birinchi yarim yillik ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti koʻrib chiqiladi.

 

Shuningdek Senat a’zolari tomonidan quyidagilarga parlament soʻrovlari yuborish masalasi muhokama qilinadi:

a) Vazirlar Mahkamasiga:

  • Rossiya Federatsiyasida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan oʻzbekistonlik migrantlar huquqlari himoyasini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi;
  • aholi, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etishda yuzaga kelayotgan muammolar toʻgʻrisidagi soʻrovlar;

b) Bosh prokuratura, IIV va DXXga – qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash kabi jinoyatlar sodir etilishi holati toʻgʻrisidagi soʻrovlar.