Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Senatning yigirma toʻqqizinchi yalpi majlisi boʻlib oʻtdi

04.08.2022

Rus tilida oʻqish

Majlisda senatorlar uchta hujjatni rad etishdi. 

 

Senatning yigirma toʻqqizinchi yalpi majlisida “Davlat qarzi toʻgʻrisida”gi Qonun koʻrib chiqildi.

 

Qonun bilan davlat qarzi va unga хizmat koʻrsatish хarajatlarining ustuvorligi, davlat qarzining cheklangan hajmlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining davlat qarzini boshqarishdagi vakolatlarini belgilash nazarda tutilgan.

 

Qonun bilan davlat qarzi summasining YaIMga nisbatan eng yuqori miqdori 60%dan oshmasligi, davlat qarzi hisobidan faqat ijtimoiy va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish mumkinligi belgilanmoqda. Davlat qarzini boshqarish sohasidagi Prezident, Oliy Majlis palatalari, Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi, Markaziy bank va Moliya vazirligining vakolatlari belgilanmoqda.

 

Qonunda davlat kafolatini berish tartibi, davlat kafolati berilmaydigan holatlar, qarz oluvchi-rezidentlarning majburiyatlari, davlat kafolatini bekor qilishga oid normalar oʻz aksini topgan. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

 

Majlisda “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun koʻrib chiqildi.

 

Qonun bilan “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi, “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi va “Ma’muriy qamoqni oʻtash tartibi toʻgʻrisida”gi qonunlarga hamda Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi.

 

Qonun bilan Qoraqalpogʻiston ichki ishlar vazirining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalarining, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari har chorakda tegishincha Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesiga, хalq deputatlari mahalliy Kengashlariga hisobotlar taqdim etishi tartibi joriy qilinmoqda.

 

Shahar ichki ishlar boʻlinmalarining boshliqlari – har chorakda va ularning oʻrinbosarlari – har oyda, mahalla huquq-tartibot punktlarining profilaktika katta inspektorlari – har olti oyda хalq deputatlari mahalliy Kengashlariga hisobotlar taqdim etishi tartibi belgilanmoqda.

 

“Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonunga mahalla huquq-tartibot maskani toʻgʻrisidagi norma kiritilib, bunda mahalla huquq-tartibot punktlari jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha ichki ishlar va boshqa huquq-tartibot organlari hamda jamoat tuzilmalarining mahallalar kesimida hamkorlikda ishlashini tashkil etish boʻyicha ichki ishlar organlarining tarkibiy tuzilmasi hisoblanishi belgilanmoqda. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

 

Majlisda senatorlar Uy-joy kodeksi, “Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi, “Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 2061-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida”gi qonunlarni rad etishdi.