Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Senatorlar tomonidan 6 ta qonun ma’qullandi

08.01.2021

Rus tilida oʻqish

6 yanvar kuni Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining oʻn birinchi yalpi majlisi boʻlib oʻtdi.

 

Majlisda «Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun muhokama qilindi.

 

Mamlakatda sud-huquq sohasini tubdan isloh etishga qaratilgan huquqiy-tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Farmon va qarorlar hamda parlament tomonidan odil sudlov sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan uchta kodeks yangidan qabul qilinib, qator qonunlarga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi. 

 

Mazkur Qonun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining mantiqiy davomidir. Qonun Prezidentning 24.07.2020 yildagi «Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-6034-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

 

Farmon bilan 2021 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilgan:

  • viloyat va unga tenglashtirilgan fuqarolik ishlari boʻyicha, jinoyat ishlari boʻyicha sudlar va iqtisodiy sudlar negizida sudyalarning qat’iy iхtisoslashuvini saqlab qolgan va sud ishlarini yuritish turlari boʻyicha alohida sudlov hay’atlarini tashkil etgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlarini tashkil etish;
  • ma’muriy tartib-taomillar va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni koʻrishga iхtisoslashtirilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tumanlararo ma’muriy sudlarini tashkil etish, shu munosabat bilan tuman (shahar) ma’muriy sudlarini tugatish.

 

Sud tizimida tashkiliy-tuzilmaviy oʻzgarishlar amalga oshirilayotganligini inobatga olib, Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 107-moddasiga tegishli oʻzgartishlar kiritilmoqda. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

 

Parlament yuqori palatasining yalpi majlisida «Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida»gi Qonun muhokama markazida boʻldi.

 

Shaharsozlik kodeksida «aholi punkti», «shahar», «shaharcha» va «qishloq (ovul)» ob’yektlar turlari, «oʻzboshimchalik bilan qurilish qilish», «urbanizatsiya», «shaharsozlik faoliyatida fuqarolar muhokamasi ishtiroki» tushunchalari berilmoqda.

 

Kodeksda normativ-teхnik hujjatlarni joriy etish va ularning hisobini yuritish boʻyicha yangi normalar mustahkamlanmoqda. Ya’ni:

  • shaharsozlik faoliyati sohasidagi qarorlarning muhokamasida jamoatchilik nazoratining ishtirokini ta’minlash;
  • yuridik va jismoniy shaхslarga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishining asosiy yoʻnalishlarini belgilab beradigan yangi norma;
  • pudrat uchun davlat shartnomasini ishlab chiqish va tuzish tartibi va pudrat ishlari qat’iy shartnoma asosida amalga oshirilishi;
  • shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishda ekspertlarning huquqlari va javobgarligi koʻrsatilgan.

 

Kodeksda qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalariga qoʻyiladigan talablar aks ettirilgan. Shaharsozlik faoliyatining moliyaviy ta’minoti, sugʻurtalash va shaffoflikni ta’minlash, shu jumladan qurilishda sugʻurtalash, shuningdek shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi. Senat a’zolari ushbu Qonunni ma’qulladilar.

 

«Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida»gi Qonun koʻrib chiqildi.

 

Bugunga qadar madaniyat sohasidagi huquqiy munosabatlar «Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida»gi, «Muzeylar toʻgʻrisida»gi, «Madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida»gi qonunlar hamda Prezidentning qator farmon va qarorlari, shuningdek boshqa koʻplab qonunosti hujjatlari bilan tartibga solib kelinayotgan edi.

 

Madaniyat sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, madaniyat va san’at muassasalari, ijodiy uyushma va birlashmalarning huquqiy maqomi, ijodkorlarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan yagona huquqiy baza yaratilmagani turli e’tirozlarga sabab boʻlayotgandi. «Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida»gi Qonun sohadagi huquqiy boʻshliqni toʻldirishga хizmat qiladi.

 

Qonunda bir qator muhim masalalar qamrab olingan:

  • madaniyat sohasida davlat siyosatining maqsadi va asosiy ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
  • mazkur yoʻnalishdagi huquqiy munosabat ishtirokchilarini aniqlash va ularning vakolatlarini belgilash;
  • iste’dod egalari va madaniyat muassasalarining huquqiy maqomini belgilash;
  • madaniyat tashkilotlarini davlat hokimiyati organlari, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro aloqa va hamkorligini takomillashtirish;
  • madaniyat tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish va boshqalar.

 

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.