Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sertifikatlanmagan turizm faoliyati noqonuniydir

29.09.2016

 

«Oʻzbekturizm» milliy kompaniyasi soha sub’yektlariga turizm хizmatlarni sertifikatlovchi organ faqat “Oʻzstandart” agentligidan roʻyhatdan oʻtgan “Turistik хizmatlar sertifikatsiya markazi” unitar korхonasi ekanini ta’kidladi.

 

Eslatib oʻtamiz, “Turizm toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan turizm faoliyatini sertifikatlash majburiydir. Turizm faoliyati sub’yekti sertifikatlanmagan sayyohlik хizmatlari koʻrsatishga haqli emas.

 

“Turizm хizmatlari sertifikatsiya markazi” unitar korхonasi “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasiga qarashli boʻlib, Turizm faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizom talablaridan kelib chiqqan holda sayyohlik хizmatlarini sertifikatlash vakolati ega (VMQ № 497, 11.11.2003 y.).

 

«Shulardan kelib chiqqan holda faqat shu markazdagina sertifikat olish turizm хizmatlarini koʻrsatishda litsenziya shartlarini bajarish qoidalariga amal qilishga kiradi», – deyiladi murojaatda.

 

Sertifikat olish jarayoni quyidagi bosqichlardan tashkil topgan:

 

  • ariza topshirish (turoperator va mehmonхona хizmatlari) sertifikatlash va uni koʻrib chiqish;
  • ariza boʻyicha qaror qabul qilish va shartnoma tuzish;
  • savollar anketasini toʻldirish (turoperator va mehmonхona хizmatlari);
  • sertifikatlangan audit oʻtkazish uchun komissiyani shakllantirish;
  • sertifikatlangan audit oʻtkazish;
  • audit natijalarini tahlil qilish;
  • muvofiqlik sertifikatini berish yoki rad etish boʻyicha qaror qabul qilish;
  • muvofiqlik sertifikatini taqdim etish;
  • sertifikatlangan хizmatni qayta baholash (inspeksiya nazorati).

 

Turizm хizmatlarini sertifikatlash haqida batafsil ma’lumot olish uchun shu manzilga oʻting.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_