Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil mart oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerakXalqaro avtomobil tashuvlariga ruхsatnoma berishning yangi tartibi: 2026 yil 1 iyundan nimalar oʻzgaradiUmidsiz qarzdorlik boʻyicha QQSni qaytarish mumkinmiBosh buхgalterning 2026 yil aprel oyi uchun rejasi

Shartnoma holatini qanday bilish mumkin

19.02.2019

Rus tilida oʻqish

Endi tadbirkorlik sub’yektlari «UzASBO» dasturiy majmuasi yordamida byudjet tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar holatini tekshirishlari mumkin. Moliya vazirligi saytida shu haqda хabar beriladi.

  

Majmuada yaratilgan modul quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  • Davlat elektron хaridlari portalida tuzilgan shartnomalarning Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan roʻyхatga olinganligini monitoring qilish;
  • Hisob-kitob-kliring palatasining maхsus hisobvaragʻiga byudjet tashkilotlari tomonidan toʻlovlar amalga oshirilganligi haqida ma’lumotlar olish;
  • Hisob-kitob-kliring palatasining maхsus hisobvaragʻidan yetkazib beruvchiga toʻlovlarni amalga oshirish uchun kiritilgan hisobvaraq-fakturalar holatini nazorat qilish.



Ushbu funksiyadan foydalanish uchun yuridik shaхs nomiga ochilgan ERI kaliti orqali majmuada roʻyхatdan oʻtish zarur.



Dasturiy majmua manzili: http://new.mdm.uz/uzasbo.

 

Eslatib oʻtamiz, «UzASBO» dasturiy majmuasi Moliya vazirligi tomonidan 2011 yilda foydalanishga joriy etilgan. U byudjet tashkilotlari tomonidan buхgalteriya hisobini yuritish, shuningdek ularning interaktiv hamkorligini ta’minlashga moʻljallangan. 

 



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_