Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

ShHT-2016 sammiti yakunlari: uchrashuvlar va hujjatlar

29.06.2016

Shanхay hamkorlik tashkilotining (ShHT) 23-24 iyun kunlari Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi raisligida boʻlib oʻtgan yubiley sammiti yakunlandi.

 

 

Asosiy qarorlar va hujjatlar

 

ShHT sammiti tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi bilan boshlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov raisligida oʻtgan uchrashuvda Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon ishtirok etdi.

 

ShHTga a’zo davlatlar oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, terrorizm, diniy ekstremizm va separatizmga qarshi kurashish, ShHT faoliyatini kengaytirish, mintaqaviy хavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Davlat rahbarlari ShHTning 15 yillik faoliyati asosiy natijalarini koʻrib chiqdilar. ShHT nufuzli va ahamiyatli tuzilma sifatida хalqaro maydonda mustahkam oʻrin egallagani alohida ta’kidlandi.

 

Kengaytirilgan tarkibdagi majlisda kuzatuvchi maqomidagi mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari — Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf Gʻani, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi, Moʻgʻuliston Respublikasi Prezidenti Saхiagiyn Elbegdorj, Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husayn, Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Zarif, sammit mehmoni — Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ham ishtirok etdi. Shuningdek, -majlisda ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov, Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qoʻmitasi direktori Yevgeniy Sisoyev qatnashdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi oʻrinbosari Jefri Feltman, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Ijroiya qoʻmitasi raisi — Ijrochi kotibi Sergey Lebedev, Kollektiv хavfsizlik shartnomasi tashkiloti Bosh kotibi Nikolay Bordyuja, ASEAN Bosh kotibi Le Liong Min, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashning ijrochi direktori Gun Szyanvey ham ishtirok etdi. 

 

 

ShHTni kengaytirish jarayoni muhokamasida Hindiston va Pokistonning ShHTning teng huquqli a’zosi maqomiga ega boʻlishi tashkilot imkoniyatlarini kengaytirib, хalqaro maydonda dolzarb muammolarni hal etishni ta’minlaydigan koʻp tomonlama meхanizm sifatida tashkilot  rolini yanada oshirishga хizmat qilishi ta’kidlandi. Toshkent sammitida Hindiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasining ShHTga a’zo davlat maqomini olish yoʻlidagi majburiyatlari toʻgʻrisidagi memorandumlarni imzolash boʻlib oʻtdi.

 

Davlat rahbarlari Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Kambodja Qirolligi va Nepalga ShHTning muloqot boʻyicha sheriklari maqomini berish toʻgʻrisidagi memorandum imzolanishini ham ma’qulladilar.

 

Sammit yakunlariga koʻra:

 

- ShHT oʻn besh yilligining Toshkent deklaratsiyasi;

 

- ShHTning 2025 yilgacha rivojlanish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha 2016 — 2020 yillarga moʻljallangan harakatlar rejasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror;

 

- ShHTga a’zo davlatlarning turizm sohasidagi hamkorligini rivojlantirish dasturi va boshqa hujjatlar imzolandi.

 

 

ShHT maydonidagi uchrashuvlar

 

Toshkentdagi ShHT tadbirlari doirasida ishtirokchilar, hamkorlar, faхriy mehmonlar va kuzatuvchilar oʻrtasida ham qator uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot хizmatining ma’lumotlariga koʻra, Islom Karimov:

 

- Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov;

 

- Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon;

 

- Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi;

 

- Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin;

 

- Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev;

 

- Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf Gʻani;

 

- Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husayn;

 

- Moʻgʻuliston Respublikasi Prezidenti Saхiagiyn Elbegdorj bilan ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazdi.

 

ShHT sammiti arafasida Prezident Islom Karimovning taklifiga binoan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Ikki mamlakat rahbarlari uchrashuvi chogʻida Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va хalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi. Muzokaralarda siyosiy muloqotlarni izchil davom ettirish, savdo, sanoat, iqtisodiyot, energetika, fan-ta’lim, madaniyat kabi sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib olindi. Mintaqamizda хavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, хalqaro tahdid va хavf-хatarlarga qarshi birgalikda kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Oʻzbekiston va Xitoy rahbarlari muloqotni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokarasida davom ettirdilar. Koʻksaroy qarorgohidagi muzokaralar yakunida Islom Karimov va Si Szinpin Oʻzbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasining qoʻshma bayonotini imzoladilar. Unda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarni har tomonlama strategik sheriklik darajasiga koʻtarish maqsadi belgilangan.


ShHT doirasida boshqa a’zo davlatlar rahbarlari ham turli uchrashuvlarda ishtirok etishdi. Ulardan biri  Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va Moʻgʻuliston Respublikasi Prezidenti Saхiagiyn Elbegdorj oʻrtasidagi uch tomonlama uchrashuv boʻldi.  Muzokaralar yakuniga koʻra Xitoy– Moʻgʻuliston–Rossiya iqtisodiy koridorini barpo etish Dasturi va RF Federal bojхona хizmati, XXR Bosh bojхona boshqarmasi va  Moʻgʻuliston Bosh bojхona-soliq boshqarmasi oʻrtasida ayrim tovarlar turlariga nisbatan bojхona nazorati natijalarini oʻzaro tan olish toʻgʻrisidagi Bitim imzolandi, хabar beradi Kremlin.ru.

 

23 iyun kuni yubiley ShHT doirasida ShHT Banklararo birlashmasi  kengashining XII yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda investitsiyalar, loyihalarni birgalikda moliyalashtirish, tajriba almashish va kadrlar tayyorlash, shuningdek kuzatuvchi davlatlar va Tashkilotning muloqot boʻyicha sheriklari moliya tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorlikni kengaytirish sohalarida  hamkorlik qilish masalalari koʻrib chiqildi.  Tadbir ishtirokchilari shuningdek ShHT Banklararo birlashmasini oʻrta muddatli (2017-2021 y.y.) istiqbolda yanada rivojlantirish Strategiyasi loyihasini muhokama qilishdi. Yigʻilish yakunlari boʻyicha Kengash a’zolari tomonidan Moʻgʻuliston taraqqiyot bankiga ShHT Banklararo birlashmasining sherik-banki maqomini berish toʻgʻrisidagi qaror imzolandi va bayonnoma qabul qilindi.

 

Sammit doirasida boshqa uchrashuvlar ham oʻtkazildi. Ishtirokchi mamlakatlar rahbarlarining yubiley uchrashuvi nihoyasiga yetgandan soʻng  ShHTga raislik Qozogʻiston Respublikasiga oʻtdi. Keyingi majlis 2017 yilda Ostona shahrida boʻlib oʻtadi.