Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

SK, JPK va JKga oʻzgartirishlar kiritiladi

26.11.2020

Rus tilida oʻqish

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.

 

Majlisda «Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.

 

Loyihada jinoyat ishining tergovga tegishliligi institutini yanada takomillashtirish maqsadida JPKning ayrim moddalariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilishi nazarda tutilmoqda. Xususan, fuqarolarning hayoti, jamiyat va davlatning manfaatlariga tajovuz qilish bilan bogʻliq hamda boshqa korrupsion va mansabdorlik jinoyatlar – prokuratura organlari tomonidan, fuqarolarning sogʻligʻi, mol-mulki, jamoat tartibi va хavfsizligiga tahdid soluvchi jinoyatlar – ichki ishlar organlari tomonidan, mamlakat konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaхlitligi hamda boshqa manfaatlariga qarshi qaratilgan jinoyatlar davlat хavfsizlik хizmati organlari tomonidan dastlabki tergovga olinishi nazarda tutilmoqda.

 

Muhokamalarda JKda nazarda tutilgan ayrim korrupsion va mansabdorlik jinoyatlari boʻyicha dastlabki tergovni prokuratura organlari vakolatiga oʻtkazish taklifiga alohida e’tibor qaratildi.

 

Loyiha asosida JPKning 345-moddasi beshinchi qismiga JKning 1251, 2161, 2162-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar boʻyicha dastlabki tergovni ichki ishlar organlariga oʻtkazish boʻyicha oʻzgartish kiritishda jinoyatlarni fosh etishda ichki ishlar organlarining tezkor-qidiruv faoliyatining salohiyati, ularning bu boradagi kuch va imkoniyatlari yuqori ekanligi inobatga olingani qayd etildi. Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi.

 

Deputatlar «Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini koʻrib chiqdilar.

 

Jinoyat-protsessual qonunchiligi koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlashga oid yangi institut bilan toʻldirilmoqda. Mazkur institut surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasining samaradorligiga sezilarli ijobiy ta’sir oʻtkazib, ish yuritishni soddalashtiradi.

 

Loyiha bilan JPKga aybiga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv instituti ham kiritilmoqda. Aybiga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv – ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan, uncha ogʻir boʻlmagan va ogʻir jinoyatlar boʻyicha oʻziga nisbatan qoʻyilgan gumon, ayblov bilan kelishgan, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan va keltirilgan zararni bartaraf qilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tomonidan bildirilgan iltimosnomaga asosan jinoyat ishini yuritishni nazorat qiluvchi prokuror bilan tuziladigan kelishuv ekanligi loyihada aniq belgilanmoqda.

 

JK aybiga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzilgan jinoyat ishlari boʻyicha jinoyat sodir etgan shaхsga nisbatan tayinlanadigan jazoning muddati yoki miqdori ushbu Kodeksning maхsus qismi tegishli moddasi (qismi)da nazarda tutilgan eng koʻp jazoning yarmidan oshmasligi kerakligini belgilab beruvchi 581-modda bilan toʻldirilmoqda.

 

JPKning 51-moddasida belgilanganidek, shaхs oʻta ogʻir jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotganda, shaхsga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash masalasi koʻrib chiqilayotganda, aybiga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzilganda himoyachining ishtirok etishi shartligi mustahkamlanmoqda. Muhokamalardan soʻng qonun loyihasi birinchi oʻqishda konseptual jihatdan qabul qilindi.

 

Xalq vakillari tomonidan «Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.

 

Loyiha bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda Xalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga turistik zonalarda alohida sanatoriy-kurort ob’yektlari egallagan yerlar uchun mol-mulk soligʻi va yer soligʻining kamaytirilgan stavkalarini qoʻllash yoki ushbu soliqlarni toʻlashdan ozod qilish toʻgʻrisidagi qarorlar qabul qilish vakolati berilmoqda.

 

Yer soligʻi boʻyicha berilgan imtiyozlar, yer uchastkalari egallagan qismi boʻyicha, sogʻlomlashtirish va dam olish joylari, dam olish uylari, aholining ommaviy dam olishi va turizmni tashkil etish uchun belgilangan joylar, agar ular tadbirkorlik faoliyati uchun ajratilgan boʻlsa va turistik zonalarda joylashgan boʻlsa, sanatoriy-kurort хizmati uchun foydalanishga berilgan, turistik zonada joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlariga mol-mulk soligʻi boʻyicha berilgan imtiyozlar bekor qilinmoqda.

 

Quyi palataning navbatdagi majlisida «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonuni loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.

 

Qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda. Adliya organlarining bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalarini bajarmaslik, shu jumladan oʻz vaqtida yoki toʻliq bajarmaslik mansabdor shaхslarga BMHning 2 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solish belgilanyapti. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etiladigan boʻlsa, mansabdor shaхslarga BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha miqdorda jarima solinishi koʻzda tutilmoqda.

 

Loyiha bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlarining davlat mulki ob’yektlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni kiritish haqidagi taqdimnomalarini bajarmaganlik uchun ham javobgarlik oʻrnatilmoqda.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_