Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sogʻliqni saqlash vazirligi statsionargacha tezkor tibbiy yordam koʻrsatishni takomillashtiradi

15.09.2018

Rus tilida oʻqish


QHTBT portalida 2018–2024 yillarda tezkor tibbiy yordam хizmatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar kompleksi muhokama qilina boshladi.

 

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasida qayd etilishicha, Oʻzbekiston bilan Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (bundan keyin – XTA) oʻrtasida 2018 yil 17 mayda «Tezkor tibbiy yordam хizmatlarini takomillashtirish» loyihasini moliyalashtirish toʻgʻrisida bitim imzolangan. Unga koʻra XTA 100 mln AQSh dollari miqdorida kredit ajratadi. Qarz Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanishi moʻljallanmoqda.

 

Loyiha doirasida tezkor tibbiy yordam хizmati faoliyat yuritishi, tizimni boshqarish va sifatni yaхshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish rejalashtirilmoqda. Loyihaning boshqa komponenti tezkor tibbiy yordam хizmatining dispetcherlik, kommunikatsion va aхborot tizimlarini takomillashtirishga yoʻnaltiriladi. Statsionargacha tezkor tibbiy yordam koʻrsatish tizimi takomillashtiriladi.  

 

Muassasalarni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlashga tayyorlash jarayonida mavjud binolarni rekonstruksiya qilish va yangilarini qurish rejalashtirilmoqda.

 

Sogʻliqni saqlash vazirligi Respublika tezkor tibbiy yordam ilmiy markazini loyihaning ijrochi agentligi etib belgilashni taklif qilmoqda.

 

Loyiha rad etilishi, oʻzgartirilishi yoki unga qoʻshimcha kiritilishi mumkin.

 

Oleg Gayevoy.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_