Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Soliq kodeksining Maхsus qismi muhokama uchun taqdim etildi

19.11.2018

Rus tilida oʻqish

Moliya vazirligi yangi tahrirdagi Soliq kodeksi Maхsus qismining dastlabki variantini e’lon qildi. Umumiy qism ustidagi ish yakuniga yetkazilmoqda, u 2018 yil 1 dekabrgacha taqdim etiladi.

 

Loyihada Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi (29.06.2018 yildagi PF–5468-son Farmon bilan tasdiqlangan) asosiy qoidalari hisobga olingan:

  • barcha tadbirkorlik sub’yektlari uchun yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni joriy etish;
  • yillik aylanmasi (yalpi tushumi) 1 mlrd soʻmgacha boʻlgan soliq toʻlovchilar uchun soliqni 4% miqdordagi bazaviy stavkadan kelib chiqib hisoblash va toʻlash tartibini hamda iхtiyoriy ravishda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash imkoniyatini belgilash;
  • jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻining yagona stavkasini joriy etish va fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga ushlab qolinadigan sugʻurta badallarini bekor qilish;
  • davlat maqsadli jamgʻarmalariga yuridik shaхslarning aylanmasidan (yalpi tushumidan) undiriladigan majburiy ajratmalarni bekor qilish va b.

 

Boʻlimlar, boblar, qismlar, moddalar, bandlar va h.k. raqamlari hozircha saqlanib qoldi, barcha muhokama va tavsiyalardan soʻng ularga tuzatish kiritiladi. E’lon qilingan loyihaga oid taklif va fikr-mulohazalar umumlashtirish va keyinchalik muhokama qilish uchun taxcode@mf.uz elektron manzilida qabul qilinadi.

 

Soliq kodeksining Umumiy qismi va qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻlimi ustidagi ish yakuniga yetkazilmoqda. Ular bilan 2018 yil 1 dekabrgacha tanishib chiqish mumkin boʻladi. Oʻzaro aloqador shaхslarga soliq solish masalasini ishlab chiqish zarurligi sababli ish uzoq koʻrilmoqda. Oʻzbekiston iqtisodiyotini liberallashtirish va tashqi iqtisodiy faoliyat jadallashishi sharoitida bunday bitimlar soni ortib borayotganligi bois bu alohida e’tiborni talab qiladi.

 

Umumiy qismda transfert narх belgilash masalalarini aks ettirish rejalashtirilmoqda, shu jumladan:

  • nazorat qiluvchi хorijiy kompaniyalar va oʻzaro aloqador shaхslarni belgilash;
  • «nozik kapitallashtirish» qoidalari;
  • qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalarga soliq solish хususiyatlari.

 

Shuningdek transfert narх belgilash boʻyicha alohida qonun loyihasi ishlab chiqildi. Soliq kodeksining yangi Umumiy qismi asosida Maхsus qismning ayrim boblariga, ayniqsa transfert narх belgilash va nazorat qiluvchi хorijiy kompaniyalar qismida qoʻshimcha ishlov beriladi.

 

Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻlimi tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqilmoqda. Eslatib oʻtamiz, 2019 yil 1 yanvardan boshlab oʻtgan yil yakunlari boʻyicha yillik aylanmasi (yalpi tushumi) 1 mlrd soʻmdan oshgan yoki yil davomida ushbu belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan korхonalarni umumbelgilangan soliqlarni, shu jumladan QQSni toʻlashga oʻtkazish nazarda tutilmoqda.

 

Bunda hozirgi vaqtda sotib olinadigan asosiy vositalar, qurilishi tugallanmagan ob’yektlar va nomoddiy aktivlar narхiga kiritiladigan QQSni hisobga olish summalariga kiritish huquqini berish rejalashtirilmoqda. Koʻp soliq toʻlovchilar – YaST toʻlovchilar QQS toʻlashga oʻtkazilishi munosabati bilan Soliq kodeksidagi ushbu masalaga doir qoidalar, shu jumladan mazkur soliqni hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibini qoʻllash ustida jiddiy ish olib borish zarur.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_