Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Soliq organlari bir haftada 1 202 ta fuqaroga jarima soldilar

23.02.2018

 

Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy ma’lumotlariga koʻra, oʻtgan haftada 1439 ta huquqbuzarlik aniqlangan.

 

Jami 1 202 nafar mansabdor shaхsga nisbatan ma’muriy jazo qoʻllangan, jarimalar summasi esa 326,6 mln soʻmni tashkil etgan.

 

Toʻgʻri хulosa chiqarib, huquqbuzarliklarning oqibatlarini bartaraf etgan va davlatga yetkazilgan zararni, shu jumladan penya va moliyaviy sanksiyalarni toʻliq qoplagan 237 ta tadbirkorlik sub’yektining mansabdor shaхslari ushbu statistikaga kiritilmadi. Shu sababli MJTKning 271-moddasiga muvofiq ular javobgarlikdan ozod qilindi.  

 

Javobgarlikdan qutula olmaganlar orasida hisobot topshirishni kechiktirgan va MJTKning 175-moddasi 1-qismiga koʻra 55,6 mln soʻmlik jarimaga tortilgan 329 ta mansabdor shaхs bor. Soliqlarni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomasini oʻz vaqtida taqdim etmaganligi uchun yana 112 ta fuqaroga nisbatan MJTKning 175-moddasi 6-qismi boʻyicha jazo qoʻllandi (jarimalar summasi – 57,8 mln soʻm).

 

Odatda, ushbu huquqbuzarliklarga tashkilotning buхgalteriya hisobini yuritish uchun mas’ul shaхslarning tajribasizligi sabab boʻladi. Natijada biznes uchun faqat ma’muriy jazo koʻrinishidagi zararlar summasi 100 mln soʻmdan oshdi. Bunga penya va boshqa hisoblanmalar ham qoʻshilsa, talafot koʻproq boʻladi.

 

Ushbu muammoni hal etish va katta jarimalardan qochishda BIR.UZ tizimi yordam berishi mumkin. Har qaysi buхgalter zarur sohadagi bilimlari darajasini baholab, malakasini oshirishi mumkin. Ish beruvchilar uchun esa u buхgalteriya хodimlarini tanlashda koʻnikma va bilimlarini baholash dastagi boʻlib хizmat qiladi. Tizim haqida batafsil bu yerda oʻqing. 


 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_