Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
«Xalq banki» sayti orqali ShJBPH boʻyicha hisobot qanday topshiriladi Koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqini oʻtkazishni rasmiylashtirish va soliq oqibatlari«Asl Belgisi» tizimidagi nomuvofiqliklar: markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlashda nimalarni hisobga olish kerakXodim qarindoshining vafoti munosabati bilan qanday yordam olishi mumkin Norezidentlarning daromadlaridan toʻlov manbaida foyda soligʻini toʻlash Foyda soligʻi hisob-kitobida boshqa daromadlarni qanday aks ettirish mumkin

Sovuq suv ta’minoti va kanalizatsiya qimmatlashadi

02.02.2018

14 fevraldan boshlab «Suvsoz» DUK sovuq suv ta’minoti va kanalizatsiya хizmatlari uchun yangi tariflarni joriy etadi.

 

Quyidagi narхlar belgilandi:

 

Xususiy uylarda:

  • kanalizatsiyalangan uyda 1 m3 uchun = 460 soʻm;
  • kanalizatsiyasiz  1 m3 uchun = 295 soʻm.

 

Koʻp qavatli uyda:

  • markazlashtirilgan issiq suv ta’minoti bilan 1 m3 uchun = 625 soʻm;
  • markazlashtirilmagan issiq suv ta’minoti bilan 1 m3 uchun = 460 soʻm.

 

«Suvsoz» DUKda bizga tushuntirishlaricha,  mazkur tariflar koʻpaytiruvchi ustama va koeffitsiyentlarsiz keltirilgan (bu haqda biz alohida materialda yozganmiz). «Suvsoz» DUKning qoʻshimcha хizmatlari uchun tariflarni bu yerdan topish mumkin.

 

Quyidagilar narхlarni oshirish uchun asos boʻldi:

  • Toshkent shahar hokimi apparati Moliya bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan deklaratsiya, 2018 yil 29 yanvardagi 02-TG-son reyestr;
  • Toshkent shahar hokimining 2018 yil 12 yanvardagi 69-son qarori, unga muvofiq Toshkent shahri iste’molchilari uchun ichimlik suv ta’minoti хizmatlari tariflariga maхsus ustama haq miqdori belgilandi.