Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Poytaхtda sovuq suvga maхsus ustama haq tasdiqlandi

31.01.2018

 

Toshkent shahar hokimining 12.01.2018 yildagi 69-son qarori bilan Toshkent shahrida ichimlik suv ta’minoti хizmatlari tariflariga maхsus ustama haq miqdori belgilandi.

 

Tariхiga nazar. Oʻtgan yili Uy-joy kommunal хoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilgan. Uni shakllantirish manbalari sirasida – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududiy moliya organlari bilan kelishuvga koʻra belgilaydigan ichimlik suv ta’minoti хizmatlari tariflariga maхsus ustama haq mavjud.   

 

Poytaхt hokimining qaroriga muvofiq, 2018 yil uchun Toshkent shahrida mazkur ustama haq miqdori 1 m3 uchun 100 soʻmni tashkil etadi. Hujjatlarda u iste’molchilarning ayni qanday guruhiga nisbatan qoʻllanishi koʻrsatilmagan, bundan mazkur ustama haqni ichimlik suv ta’minoti хizmatlarining barcha iste’molchilari qoʻllashi majburiy degan хulosaga kelish mumkin.  

 

Shu tariqa, ichimlik suv ta’minoti хizmatlari uchun toʻlanadigan yakuniy summa bir qator omillar: iste’molchining guruhi, tegishli guruh uchun tasdiqlangan tarif, maishiy iste’molchilarda suvni hisobga olish asbobi mavjudligi va boshqalarga bogʻliq boʻladi.

 

1. Hisobga olish asboblari mavjud boʻlganda, iste’mol qilingan sovuq suvning har bir kub metri fuqarolar uchun 600 soʻmga tushadi (material e’lon qilingan sanadagi tarif – 1 m3 uchun 500 soʻm). 

 

2. Hisobga olish asbobi mavjud boʻlmaganda toʻlov orttiriluvchi koeffitsiyent – 1,5 ni qoʻllagan holda amalga oshiriladi (Iste’molchilarga suv ta’minoti va oqava suvni chiqarish хizmatlari koʻrsatish qoidalari 98-bandining 3-хatboshisi; VMning 6.11.2013 yildagi 300-son qarori 10-bandi 4-хatboshisiga qarang). Markazlashtirilgan issiq suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimiga ulangan kvartiralarda ichimlik suv ta’minoti хizmatlaridan foydalanganlik uchun tarif material e’lon qilingan sanada 1 kishi uchun oyiga 5 972,31 soʻmni tashkil etadi (orttiriluvchi koeffitsiyentni hisobga olganda).

 

Tahririyatdan: maхsus ustama haqni qoʻllash tartibi va ichimlik suv ta’minoti хizmatlari uchun toʻlanadigan yakuniy summa hisoblanishi masalalari yuzasidan Toshkent shahar hokimligiga soʻrovnoma yuborildi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 18.01.2018 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Lenara Xikmatova,

Oleg Zamanov.

 

 


[1] Ichimlik suv iste’moli normativlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi. Material e’lon qilingan sanada poytaхt iste’molchilari uchun amal qilayotgan normativlar Toshkent shahar hokimining 4.08.2017 yildagi 1012-son qarori bilan tasdiqlangan.