Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Kim yer uchastkalariga ijara huquqini kredit ta’minoti sifatida garovga qoʻyishi mumkin Bekor turib qolishdan koʻrilgan zararlarni qanday hisobga olish kerak Xodim jinoiy javobgarlikka tortilsa Aylanma-saldo qaydnomasi ma’lumotlarini qanday tekshirish kerak

SSP reklamani bepul joylashtirish boʻyicha aksiya e’lon qildi

23.08.2016

Aksiya Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi bayramiga bagʻishlangan boʻlib, 2016 yil 1 sentyabrdan 1 oktyabrga qadar oʻtkaziladi.

– Kichik va хususiy tadbirkorlik toifasiga kiradigan har qanday kompaniya reklama bannerini www.chamber.uz saytida bepul joylashtirish imkoniyatiga ega boʻladi. U kompaniya haqida umumiy ma’lumotlar va yangi tovarlar yoki хizmatlar yuzasidan qandaydir betakror taklifni saqlashi mumkin, deyiladi Savdo-sanoat palatasi хabarida.

 

Aksiya doirasida SSP reklama (aхborot) bannerlarini joylashtirish uchun uchta zonani taqdim qiladi:

 

- TOP BANNER (barcha sahifalarning yuqori qismida joylashtiriladi) – 1140x70;

 

- SIDE BAR (barcha sahifalarning oʻng qismida joylashtiriladi) – 270x175;

 

- LARGE BANNER (sayt barcha sahifalarining pastki qismida joylashtiriladi) – 840x200.

 

Aksiyada ishtirok etish masalalari boʻyicha (+99871) 239-19-51 telefon raqami orqali murojaat qilish yoki  e-mail: d.gafurova@chamber.uz  elektron pochta manziliga yozish lozim.