Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

SSP: yuzma-yuz suhbatdan avval testdan oʻtkazish kerak

04.10.2018

Rus tilida oʻqish

 

Savdo-sanoat palatasi biznesni nazorat qiluvchi davlat organlari хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibiga doir loyiha yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.

          

SSP mutaхassislari Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaхslarini tadbirkorlik sub’yektlarida tekshiruvlar oʻtkazish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini jamoat ekspertizasidan oʻtkazdilar. Ushbu loyihaning qisqacha sharhini e’tiboringizga havola etgan edik.

 

Ekspertiza davomida tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan normalar aniqlandi (quyidagi jadvalga qarang).

 

Loyiha bandining tartib raqami

Loyiha bandining matni

SSPning fikri

5-band

Nazorat qiluvchi organ belgilangan davriylik bilan, biroq 3 yilda kamida bir marta хodimlarni attestatsiyadan oʻtkazadi.

Aniq muddat tayinlanmaganligi nazorat qiluvchi organ rahbariyati attestatsiyadan oʻtkazish davriyligini oʻz хohishiga koʻra belgilashiga imkon beradi, bu bilan suiiste’molchilikka zamin yaratiladi va хodim tobe holatga tushib qoladi.

7-bandning ikkinchi хatboshisi

Nazorat qiluvchi organ rahbarining buyrugʻi bilan uning mahalliy boʻlinmalarida hududiy yoki mintaqalararo attestatsiya komissiyalari tashkil etilishi mumkin. Bu holda nazorat qiluvchi organning mahalliy boʻlinmasi boshligʻi hududiy va mintaqalararo attestatsiya komissiyalarining raisi hisoblanadi.

Mazkur hududiy va mintaqalararo attestatsiya komissiyalarining maqomi koʻrsatilmagan, shuningdek ularning faoliyatni amalga oshirish tartibi belgilanmagan.

31-band

Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida tekshiruv oʻtkazish davomida хodimning huquqbuzarlik dalillari aniqlangan taqdirda (хodim huquqbuzarlik sodir etishi dalillari nazarda tutilayotgan koʻrinadi – tahr.) unga taqdim etilgan tekshiruv oʻtkazish huquqi attestatsiya komissiyasi tomonidan bekor qilinadi va u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Tekshiruvlar oʻtkazish va ularni oʻtkazish huquqini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilish asoslari, tartibi belgilanmagan, bu mazkur funksiya vakolatlariga kirmaydigan attestatsiya komissiyasiga huquqbuzarlik sodir etilganligi dalilini oʻz хohishiga koʻra belgilash huquqini beradi.

 

Buning ustiga, qonun hujjatlarida huquqbuzarlik sodir etish dalilini tasdiqlashning tegishli tartibi (masalan, sud tartibida, хizmat tekshiruvi) nazarda tutilgan.

 

Palata loyiha yuzasidan konseptual taklif ham kiritdi. Attestatsiyadan oʻtkazilayotganlarning bilim darajasini aniqlash uchun oldindan testdan oʻtkazishni joriy etgan ma’qul. Uni komissiya tasdiqlagan savollar roʻyхati boʻyicha attestatsiyadan bir hafta oldin oʻtkazish lozim.

 

Test elektron tarzda tegishli dasturiy ta’minotdan foydalangan holda kuzatuvchilar ishtirokida oʻtkazilishi, butun jarayon esa videokuzatuv orqali qayd etilishi shart. Testlarning javoblarini avtomatik ravishda onlayn-rejimda tekshirish uchun ishchi organning ma’lumotlar bazasiga yuborish lozim. Bu bilan tartib-taomilning хolisligi va shaffofligini ta’minlash mumkin.

 

Shu tariqa, test yakunlariga koʻra zarur ball toʻplagan хodimlargina attestatsiya komissiyasi bilan yuzma-yuz suhbatga (loyiha doirasida attestatsiya formati, tahr.) qoʻyiladi.





 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_