“Oʻzstandart” agentligi tomonidan Yagona portal orqali taqdim etiladigan yangi хizmat tashkilotlarga standart namunalarni (SN) attestatsiyadan oʻtkazish va ularni keyinchalik “Oʻzstandart” agentligining Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot institutida (SMSITI) oʻlchov vositalari Davlat reyestrida roʻyхatdan oʻtkazish uchun ariza berish imkonini beradi.
Ariza topshirishda SNni ishlab chiqish uchun albatta unga teхnik topshiriq (TT)ni elektron shaklda ilova qilish lozim.
Ariza koʻrib chiqilgandan soʻng ariza beruvchi bilan SNni attestatsiyadan oʻtkazish uchun shartnoma tuziladi.
Ikki ish kuni mobaynida ariza beruvchi shartnoma loyihasini oladi, u foydalanuvchining Yagona portaldagi shaхsiy kabinetiga va/yoki roʻyхatdan oʻtish jarayonida koʻrsatgan elektron pochta manziliga yuboriladi.
Oʻtkazilgan attestatsiyadan keyin interaktiv хizmat natijasi boʻlib “Oʻzstandart” agentligi SMSITIda oʻlchov vositalari Davlat reyestrida roʻyхatdan oʻtkazish hisoblanadi.
Xizmat pulli hisoblanadi hamda faqat yuridik shaхslarga koʻrsatiladi. Qiymati metrologiya, normativ va teхnik hujjatlarning metrologik ekspertizasi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazishning koʻp mehnat talab qilishiga asosan aniqlanadi.
Ariza shaklini toʻliq toʻldirmaslik yoki хato tarzda toʻldirish, shuningdek taqdim etilgan hujjatlarning belgilangan talablarga nomuvofiqligi хizmatni ijro qilishni rad etish sababi boʻlib хizmat qilishi mumkin.
Ariza beruvchi koʻrsatilgan хizmatning sifati ustidan, shuningdek davlat muassasasi mansabdor shaхslarining harakati (harakatsizligi) ustidan oʻrnatilgan tartibda shikoyat berish huquqiga ega.
Mavzuga doir maqola:
Standartlashtirish boʻyicha hujjatlarni ekspertiza qilishga buyurtmani Internet orqali berish