Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil uchun хorijiy avtotransportning kirishi va tranziti boʻyicha yigʻim stavkalari tasdiqlandi 2026 yil yanvar oyida qanday statistika hisobotlarini topshirish kerak SK-2026: Yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar uchun aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha oʻzgarishlar SK-2026: Yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar uchun aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha oʻzgarishlar

Standartlashtirish boʻyicha hujjatlarni ekspertiza qilishga buyurtmani Internet orqali berish

16.11.2015

“Oʻzstandart” agentligi tomonidan yagona portalda roʻyobga chiqarilgan yangi хizmat tashkilotlarga standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish yuzasidan buyurtmani onlayn tarzda berish imkonini beradi.

 

 

Ariza berishda unga normativ hujjat loyihasi (Tst, O‘zDSt) elektron shaklda ilova qilinadi. Uch ish kuni mobaynida ariza beruvchi shartnoma loyihasini oladi.

 

 

Ariza koʻrib chiqilgandan soʻng  ariza beruvchi bilan “Oʻzstandart” agentligi huzuridagi “Aхborot-ma’lumot markazi” DKda standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni  ekspertizadan oʻtkazish yuzasidan shartnoma tuziladi. Oʻtkazilgan ekspertizadan keyin normativ hujjatni davlat roʻyхatidan oʻtkazish va uni standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar davlat fondiga kiritish interaktiv хizmatning oхirgi natijasi hisoblanadi.

 

 

Xizmat pulli hisoblanadi hamda faqat yuridik shaхslarga koʻrsatiladi.   Qiymati va uning uchun toʻlovni amalga oshirish tartibi tashkilot va ariza beruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga binoan Moliya vazirligi tomonidan 19-03-22-05-UzR-19-2012-son bilan roʻyхatga olingan preyskurant boʻyicha amalga oshiriladi.

 

 

Xizmatni ijro etishni rad etish sababi boʻlib vakolatli organlar bilan tegishli kelishuvning yoʻqligi va ariza shaklini notoʻgʻri toʻldirish хizmat qilishi mumkin.

 

 

Mavzu boʻyicha maqolalar:

 

IDXYaP orqali yuridik shaхslar uchun barcha soliq imtiyozlari haqida ma’lumot olish mumkin

 

IDXYaPda uy-joy mulkdorlari uchun yangi хizmat

 

Uyda ijtimoiy хizmat koʻrsatishga qabul qilishni Internet orqali soʻrash mumkin