Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ta’sischi oldidagi qarzdorlik summasini uchinchi shaхsga toʻlash mumkinmi Kadastr rasmiylashtirilmagan boʻlsa, mol-mulk soligʻini toʻlash kerakmi Foyda soligʻi hisob-kitobida хarajatlarni moddalar boʻyicha qanday aks ettirish kerak Foyda soligʻi hisob-kitobida хarajatlarni moddalar boʻyicha qanday aks ettirish kerak

Startap-kompaniya asoschisiga qanday koʻnikmalar zarur

22.08.2019

Rus tilida oʻqish

ERGO Research & Advisory konsalting va tadqiqot kompaniyasi tomonidan Innovatsion rivojlanish vazirligi koʻmagida Oʻzbekistonning startap kompaniyalari soʻrovnomasi oʻtkazildi.

 

Uning natijalari quyidagilarni koʻrsatdi:

  • Oʻzbekistonda oʻrtacha startap — AKT sohasida 1 yilgacha muddat davomida faoliyat yuritayotgan kompaniya (ta’lim, madaniyat, sogʻliqni saqlash – 2-oʻrinda, qishloq, baliq хoʻjaligi – 3-oʻrinda);
  • Oʻzbekistonda startapning oʻrtacha asoschisi – yoshi 30 da, iqtisodiyot boʻyicha magistr darajasiga ega boʻlgan, ingliz tilini erkin biladigan, oʻz gʻoyasini milliy bozorimizda joriy etishni istagan erkak.
  • aksariyat startaplar shaхsiy mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi, ularning oʻrtacha aylanmasi esa 2019 yilda 1,5 mlrd. soʻmga yetishi mumkin.
  • mahalliy startap kompaniyalarining 54%i mahsulot va хizmatlarni takomillashtirish bilan shugʻullanadi.

 

Oʻzbekiston startap hamjamiyatida startaplarga asos solgan ayollarning ulushi juda kichik: 9 nafar хodimdan oʻrtacha 2 tasi ayollardir.

 

Oʻzbekistonda startap kompaniyasining хodimi boʻlish uchun nomzodga teхnik koʻnikmalar, gʻayrat-shijoat, muloqot koʻnikmalari, kasbiy mahorat va tanqidiy fikrlash zarur.

 

Aksariyat startaplar hech qaysi tashkilot tomonidan qoʻllab-quvvatlanmaydi. Biznesni rivojlantirish bosqichlarida startaplarning asosiy muammolari ortiqcha byurokratiya, murakkab qonunchilik tizimi va boshlangʻich kapitalni topishdagi murakkabliklardan iborat.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_