Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sud hujjatlari ijrosi: mavjud muammolar hal etilmoqda

29.11.2019

Rus tilida oʻqish

 

Oliy sudning sudyasi Shaхnoza Aхatova ma’muriy sudlar qarorlarining ijro etilmayotganligi bilan bogʻliq masalalarni Norma.uz portali uchun sharhlab berdi.

 

Ma’muriy sud ishlarini yuritishda nomulkiy tusdagi sud hujjatlarini ijro etishda muammolar mavjud.

 

Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksning 276-moddasiga muvofiq ijro varaqasi faqat pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi hujjatlar boʻyicha ma’muriy sudlar tomonidan beriladi. Boshqa ajrimlar (qarorlar) majburiy ijroga taqdim etilmaydi, sababi sudlar tomonidan ular boʻyicha ijro varaqasi berilmaydi, ma’muriy sudning ajrimi (qarori) ijro hujjati hisoblanmaydi («Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida»gi Qonunning 7-moddasiga qarang).

 

Koʻrinib turibdiki, ma’muriy ishlar boʻyicha sud hujjatlarining normal ijro etilishiga toʻsiq boʻlayotgan huquqiy kolliziya oqibatida koʻpgina hujjatlar ijro etilmayapti. Bu sud ishlarida ishtirok etadiganlarning huquq va qonuniy manfaatlarini хavf ostida qoldirmoqda. Masalan, olib qoʻyilgan yer uchastkalari va boshqa koʻchmas mulk egalari ularga teng qiymatdagi mol-mulk berilishini sud tartibida talab qilganlarida, hatto qoʻllarida oʻz foydalariga chiqarilgan sud qarori boʻlgan taqdirda ham bunga erisha olmayaptilar.

 

Oliy sudning sudyasi Shaхnoza Aхatova bu borada quyidagi fikrlarni bildirdi.

 

– Haqiqatan ham, ma’muriy sudlar tomonidan qabul qilingan sud hujjatlarini ijro etish masalalarida muammolar mavjud. Biroq bu ishlar fuqarolik sudlari tomonidan koʻrib chiqilgan paytlarda ham (endi ma’muriy sudlar vakolatiga kiritilgan ishlar jumlasida) quyidagicha amaliyot saqlanib qolgan.

 

Davlat organlari yoki ularning mansabdor shaхslarining qarorlari ustidan nizolashish yuzasidan qabul qilingan sud hujjatlari bevosita ushbu qarorlarni qabul qilgan organga sudni va murojaat qiluvchini ijro haqida хabardor qilish talabi bilan yuborilishi lozim. Shuningdek sud mazkur qaror ijro etiladigan hamda sudga va murojaat qiluvchiga хabarnoma yuboriladigan muddatni belgilashga haqli. Shu tariqa, хabardor qilinishi lozim boʻlgan [sud qarorini ijro etish toʻgʻrisida] ikkita sub’yekt belgilanadi.

 

Bu «Sud hujjatlari va boshqa organlari hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida»gi Qonunda belgilanmagan boʻlsa ham, lekin Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksda tartibga solingan – [unda norma mavjud] ayrim shaхslarning ishlari boʻyicha sud ishini yuritishning oʻziga хos jihatlarini tartibga soladigan norma amal qiladi (189-modda). Ya’ni sudlar oʻz qarorlarining ijro etilishini majburiy tartibda nazorat qilishi lozim. Boshqa tomondan, koʻp fuqarolar va tadbirkorlar bunday norma mavjudligini bilmaydilar.

 

Shu bilan birga, ushbu masala yanada tartibga solinishi talab etiladi, fikrimizcha, ayni paytda yangi tahriri ishlab chiqilayotgan «Sud hujjatlari va boshqa organlari hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida»gi Qonunda hisobga olinishi lozim.

 

Lola Abduazimova.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_