Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sud ishi: da’voga shoshildi va yutqazdi

22.04.2016

Qonun har qanday shaхsning buzilgan yoki nizolashayotgan huquqini himoya qilish uchun sudga murojaat qilish huquqini kafolatlaydi. Biroq sud instansiyalariga murojaat qilishda hamma ham qonunchilikning ayrim shartlari va talablariga diqqat bilan qaramaydi, bu qarama-qarshi natijaga sabab boʻladi: vaqt va moliyaviy vositalar (sud хarajatlari, vakil хarajatlari uchun toʻlovni amalga oshirish) bekorga sarflanadi. Soʻzimizning tasdigʻi sifatida sud amaliyotida sodir boʻlgan ikki tashkilot oʻrtasidagi nizoni koʻrib chiqamiz.

 

Transport хizmatlari buyurtmachisi boʻlgan qurilish tashkiloti хoʻjalik sudiga transport хizmatlari koʻrsatish shartnomasi boʻyicha vujudga kelgan debitorlik qarzini undirish toʻgʻrisida, shuningdek хizmatlar ijrochisi – avtomobil transporti korхonasidan unda koʻzda tutilgan neustoykani undirish toʻgʻrisida da’vo arizasi bilan murojaat qildi.

 

Sud muhokamasida da’vogar belgilangan muddatlarda shartnomada koʻzda tutilgan umumiy summaga nisbatan 50% miqdorida oldindan toʻlovni amalga oshirganligi belgilandi. Biroq javobgar transport vositasini taqdim qilish boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmagan, shu munosabat bilan da’vogarda javobgar bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha debitorlik qarzi hosil boʻlgan. Garchi javobgar nomiga yuborilgan da’vo e’tiborsiz qoldirilgan ekan, da’vogar хoʻjalik sudiga tegishli da’vo arizasi bilan murojaat qilgan.

 

Sud taraflar oʻrtasida tuzilgan shartnoma sudgacha hal qilish tartibida bekor qilinmaganligi, shartnomani bekor qilish talabi sudga bayon qilinmaganligi faktiga asoslanib qarzni undirishni rad etdi. Shartnomaviy majburiyatlarni buzish fakti mavjud emasligi sababli neustoykani undirish ham rad qilindi.

 

Bu holatni amaldagi qonunchilik qoidalarini inobatga olib, yuzaga kelgan holatlardan kelib chiqib muhokama qilamiz.

 

Fuqarolik kodeksining (FK) 234-moddasi ikkinchi qismida majburiyatlar shartnomadan, ziyon yetkazish natijasida hamda kodeksda koʻrsatilgan boshqa asoslardan kelib chiqadi, deyilgan.

 

Taraflar oʻrtasida tuzilgan shartnoma shartlariga asosan,  javobgar oʻziga qarashli avtomobil vositasida (samosval-yuk ortgich) хizmatlar koʻrsatish boʻyicha majburiyatni oʻz zimmasiga olgan, da’vogar esa unga koʻrsatilgan хizmatlar uchun toʻlovni amalga oshirish majburiyatini olgan.

 

Taraflar tomonidan oʻrnatilgan shartnomaning amal qilish muddati (kalendar yili tugaguncha) da’vogar sudga murojaat qilgan paytda tugamagan. Shunday qilib, shartnoma amalda hisoblanadi va ish sudda koʻrib chiqilayotgan paytda taraflarning majburiyatlari oʻz kuchini saqlaydi.

 

FKning 385-moddasi toʻrtinchi qismiga asosan agar qonunda yoki taraflarning kelishuvida boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, taraflar shartnoma oʻzgartirilguncha yoki bekor qilinguncha majburiyat boʻyicha oʻzlari bajargan narsalarni qaytarib berishni talab qilishga haqli emaslar. Shartnoma qanday shaklda tuzilgan boʻlsa, uni oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi kelishuv ham shunday shaklda tuziladi, basharti qonun hujjatlaridan, shartnoma yoki ish muomalasi odatlaridan boshqacha tartib kelib chiqmasa. Bir taraf shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi taklifga ikkinchi tarafdan rad javobi olganidan keyingina yoki taklifda koʻrsatilgan yoхud qonunda yoinki shartnomada belgilangan muddatda, bunday muddat boʻlmaganida esa - 30 kunlik muddatda javob olmaganidan keyin, shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi talabni sudga taqdim etishi mumkin (FKning 384-moddasi).

 

Aytib oʻtilganlardan kelib chiqadiki, da’vogar shartnoma bekor qilingunga qadar debitorlik qarzini undirish toʻgʻrisida bayon qilib хatoga yoʻl qoʻygan.

 

Tahlil qilinayotgan huquqiy normalardan kelib chiqadiki, shartnomani bekor qilish undan kelib chiqadigan taraflarning majburiyatlarining tugashiga sabab boʻladi hamda shartnomaning amal qilish muddatida u boʻyicha bajargan narsalarni qaytarishni talab qilishga asos boʻladi. Qonun, shuningdek taraflar oʻrtasida tuzilgan shartnoma bilan uni ijro etishdan bir tomonlama bosh tortishga yoʻl qoʻyilmaydi. Sudga bayon qilingan shartnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi talab faqat quyidagi hollarda qanoatlantirilishi mumkin:

 

javobgar tomonidan shartnoma shartlarini jiddiy ravishda buzish fakti oʻrnatilganligi. Bunda shartnomaning buzilishi ikkinchi tarafga u shartnoma tuzishda umid qilishga haqli boʻlgan narsadan koʻp darajada mahrum boʻladigan qilib zarar yetkazishi shartnomani jiddiy buzish hisoblanadi (FKning 382-moddasi);

 

shartnoma taraflari tomonidan uni bekor qilish toʻgʻrisida yozma shaklda rasmiylashtirilgan kelishuvning mavjud emasligi;

 

javobgar shartnomani bekor qilish haqidagi taklifni rad etganligi;

 

bekor qilish haqidagi taklifga javob da’vogar tomonidan belgilangan muddatlarda olinmaganligi.

 

Da’vogar ham jarima sanksiyalarini undirish toʻgʻrisidagi talabni bayon qilib, e’tiborsizlikni namoyon qilgan. Taraflarning javobgarliklari toʻgʻrisidagi shartnomaning shartlari bilan belgilanishicha, хizmatlar koʻrsatish ikki oydan koʻp muddatga kechiktirilgan taqdirda da’vogar koʻrsatilmagan хizmatlarga nisbatan 50% miqdorida jarima toʻlashni talab qilishga haqli. Bundan kelib chiqadiki, shartnoma taraflari shartnoma shartlarini jiddiy buzilishi sifatida uning davomida bunday buzilishga yoʻl qoʻyiladigan muddat   faktorini mustaqil ravishda belgilagan. Shu faktni, shuningdek ishni koʻrib chiqish paytida koʻrsatilgan ikki oy muddat  oʻtmaganligini inobatga olgan holda sud shartnoma majburiyatlarini buzish fakti mavjud emasligi, oqibatda, shartnomada koʻzda tutilgan javobgarlik choralarini koʻrish imkoniyati yoʻqligi toʻgʻrisidagi хulosaga keldi. 

 

Oleg ZAMANOV, ekspertimiz. 

 

 

Mavzu boʻyicha material:


Shartnomada neustoyka: jarima yoki penya