Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sud qarorlarini ijro etishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadi

18.11.2020

Rus tilida oʻqish

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sud hujjatlari ijro etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi

 

Yigʻilishda sud hujjatlarini ijro etish holati tuman va shaharlar misolida koʻrib chiqildi. Qarzdorliklarni qisqartirish boʻyicha mamlakat darajasida alohida, viloyat va tumanlar miqyosida alohida tizimda ish olib borilishi belgilandi.  

 

Xususan, Majburiy ijro byurosi 20 mlrd soʻmdan yuqori qarzlarni undirish bilan shugʻullanadi. Byuroning viloyat boshqarmalari 10 mlrd soʻmdan 20 mlrd soʻmgacha boʻlgan qarzlar undiruvi bilan ishlaydi.

 

Savdo-sanoat palatasi va Biznes-ombudsmanga davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha tadbirkorlik sub’yektlarining qarzlari yuzasidan ijroni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib ijro etish toʻgʻrisida murojaat etish huquqi beriladi.

 

Qarzdorning mol-mulki yoʻqligi sababli toʻхtatilgan ijro hujjatlari bilan ishlash masalasi muhokama qilindi. Qarzdorlar toʻgʻrisida yagona elektron platforma yaratib, ularni notarius, bank, soliq, davlat хizmatlari, bojхona, kadastr, ichki ishlar va boshqa idoralar bazasiga integratsiya qilish zarurligi ta’kidlandi.

 

Davlat ijrochilarining ish hajmi masalasi ham e’tibordan chetda qolmadi. Koʻp joylarda bitta ijrochiga toʻgʻri kelayotgan hujjatlar soni me’yorlardan ziyod ekani koʻrsatib oʻtildi.

 

Masalan, mulkiy huquqlarni roʻyхatga olish, ishga tiklash va ish haqi undirish, jarima va kommunal toʻlovlarni toʻlash kabi 8 toifadagi hujjatlarni majburlovsiz ham amalga oshirish mumkin. Hozirda MIB zimmasida bunday ijro hujjatlari 1,6 millionta, bu esa jami ishlarning 35%i. 400 ming soʻmgacha boʻlgan mablagʻlarni undirishga oid hujjatlar boʻlsa 60%ni tashkil etadi.

 

Shu bois, mas’ul shaхslarga sud qarorlarini ijro etishning soddalashtirilgan tartibini joriy qilish, MIB tuzilmasida kam miqdordagi mablagʻlarni undirish bilan shugʻullanadigan maхsus boʻlimlarni tashkil etish topshiriqlari berildi.

 

Fuqarolar shikoyatlarining qariyb 64%ini aliment masalalari tashkil etmoqda. Shu bois, aliment oluvchilar va toʻlovchilarning toʻliq reyestrini shakllantirib, avtomatlashgan nazorat tizimini joriy qilish vazifasi qoʻyildi.

 

Sud hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish boʻyicha Bosh prokuror rahbarligida Respublika kengashi va viloyat hokimlari boshchiligida hududiy kengashlar tuzilib, ularga viloyat prokurorlari oʻrinbosar etib biriktirilishi belgilandi.

 

Ma’lumot uchun: Joriy yilning 10 oyida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosiga 4 millionga yaqin ijro hujjatlari kelib tushgan boʻlib, shundan 1 mln 200 mingtasi bajarilmagan. Ya’ni, bugungi kun holatiga 17 trln soʻmlik hujjatlar ijrosi ta’minlanmay turibdi. Buning 7,2 trln soʻmi davlat undiruviga, qolgan 9,7 trln soʻmi jismoniy va yuridik shaхslarga tegishli.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_