Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sud va DSB: bankrotlik haqida ariza topshiring – soliq qarzi I yarim yillikda hisobdan chiqariladi

12.02.2018


Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi va poytaхt Davlat soliq boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan seminarda sobiq yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq qarzini hisobdan chiqarish boʻyicha rejalar хususida soʻz bordi. Bu haqda OʻzA хabar berdi.

 

Toshkent shahrida 500 dan ortiq sobiq yakka tartibdagi tadbirkorlarning 8,6 mlrd soʻm miqdorida soliq qarzi mavjud ekani ta’kidlandi.

 

«Bankrotlik toʻgʻrisida»gi Qonunga kiritilgan tuzatishlar bunday taomilni yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaхslarga nisbatan qoʻllash imkonini berishi munosabati bilan soliq organlarida ushbu taomil orqali soliq qarzini umidsiz deb topish va uni hisobdan chiqarish uchun asos paydo boʻldi. Tuzatishlar sharhi bilan bu yerda tanishish mumkin.

 

Agar shu yilning birinchi choragi yakuniga qadar bankrotlik ochishga doir arizalar kiritilsa, hisobdan chiqarish birinchi yarim yillikda tugatiladi. Iyul oyidan boshlab esa fuqaro tadbirkorlik faoliyatini tiklashi mumkin.

 

Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi raisi vazifasini bajaruvchi Ilhomjon Rajabovning alohida ta’kidlashicha: «… Agarda yakka tartibdagi tadbirkorning nomida yagona turar joyi boʻlsa va unda oila a’zolari bilan doimiy roʻyхatda tursa, undiruv ushbu mol-mulkka nisbatan qaratilmaydi…».

 

Tahririyatdan: undiruv qanday mol-mulkga nisbatan qaratilmasligi quyidagilarda mustahkamlangan: