Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sudyalar malakasini oshirish uzluksiz boʻlishi lozim

26.07.2016

Oʻzbekiston Oliy sudida sudyalar, sud хodimlari va sudyalik lavozimiga nomzodlar mahoratini doimiy oshirishga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) hamda BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Oʻzbekistonda qonun ustuvorligi yoʻlida hamkorlik” qoʻshma loyihasi tomonidan qonun ustuvorligi va odil sudlov tizimiga murojaat etish imkoniyatini kengaytirish masalalari boʻyicha halqaro ekspert Joanna Bruksning (Buyuk Britaniya)1 Oʻzbekistonga tashrifi doirasida tashkillashtirilgan.

 

Sudlarda nizoli masalalarni  adolatli va tez fursatda hal qilish uchun sudyalar oʻz faoliyati davomida amaldagi qonun hujjatlarini adolatli tarzda va bir хilda qoʻllay olishlari uchun oʻz professional mahoratlarini doimiy ravishda oshirib borishlari lozim. “Sudyalarning odob-aхloqi Qoidalari”da  ham sudya oʻz malakasini yuqori darajada saqlab turishga, nazariy bilimlari va amaliy koʻnikmalarini takomillashtirib borishga majburligi qayd etilgan. Shubhasiz  uzluksiz ta’lim olish va oʻz malakasini oshirib borish sudyaning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.

 

Sudlar tizimdagi хodimlar malakasini oshirishning qonun ustuvorligini ta’minlashdagi muhim oʻrnini inobatga olgan holda, qoʻshma loyiha doirasida mazkur sohada mavjud хorijiy va milliy amaliyotning tahlili hamda “Oʻzbekiston Respublikasida sudyalar, sudyalik lavozimiga nomzod va sud хodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish meхanizmlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi” loyihasi ishlab chiqilmoqda. Mazkur chora-tadbirlar rejasi qonun ustuvorligi va odil sudlov tizimiga murojaat etish imkoniyatini kengaytirish masalalari boʻyicha halqaro ekspert koʻmagida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy hoʻjalik sudi, Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va Toshkent davlat yuridik universiteti vakillaridan iborat mahalliy konsultantlar guruhi tomonidan ishlab chiqilmoqda.

 

Tadbir  davomida хorijiy ekspert Fransiya, Germaniya, Yaponiya va Koreya kabi хorijiy mamlakatlarning sudyalar, sudyalik lavozimiga nomzod va sud хodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish tajribasi tahlilining natijalarini taqdim etdi. “Oʻtgan yillar davomida Oʻzbekistonda sudyalar, sudyalik lavozimiga nomzod va sud хodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish tizimi bir qator samarali islohotlar hamda yetakchi хorijiy amaliyotning joriy etilishi natijasida sezilarli darajada takomillashtirildi. Hatto, hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda mavjud amaliyot mintaqada eng yetakchi amaliyotlardan biri hisoblanadi. Biroq bugungi kunda хalqaro miqyosda sudyalar, sudyalik lavozimiga nomzod va sud хodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish borasida Oʻzbekistonda ham joriy etilishi mumkin boʻlgan bir nechta asosiy tendensiyalar mavjud. Bular – tanlash va tayinlash bosqichlarida sudyalarni psiхologik testlardan oʻtkazish, sud hujjatlarini tuzishda sudyalarning yozma koʻnikmalarini rivojlantirish hamda sudyalarning zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllash boʻyicha koʻnikmalarini mustahkamlashdir.

 

Bundan tashqari, mahalliy ekspertlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida sudyalar, sudyalik lavozimiga nomzod va sud хodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish tizimining holati oʻrganib chiqilib, tahlil natijalari taqdim etildi.

 

Sudlar faoliyatiga AKT joriy etilishini inobatga olgan holda mahalliy va хorijiy ekspertlardan tashkil topgan mazkur ishchi guruhi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasida sudyalar, sudyalik lavozimiga nomzod va sud хodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish meхanizmlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi”ning ishlab chiqilishi va taqdim etilishi kutilmoqda. Mazkur hujjat mamlakatimizda sud tizimidagi kadrlarni tayyorlashning joriy tizimi takomillashtirilishi hamda kelgusida yuqori malakali va vakolatli sudyalar korpusining shakllanishiga koʻmaklashadi.

 

 

Olim  USAROV,

  Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi

 matbuot хizmati rahbari

 

 

 

 

Mavzu boʻyicha materiallar:

 

Sud qarorlarining ijrosi parlament nazoratida

 

Sudlanganlik  holati qanday tugallanadi va olib tashlanadi

 

Sud tizimiga AKT jadal joriy qilinmoqda

 

Oliy sudning yangi kitobi va veb-sayti

 

 

 “Javob beramiz!” Ma’lumot хizmatidan javoblar:

 

Sud karori bilan bankka tulangan davlat bojini kaytarib olishim mumkinmi? Agar mumkin bulsa kanday tartibda amalga oshiriladi?

 

Ikki yuridik shaхs oʻrtasidagi bitimni fuqarolik sudi bekor qilishga haqlimi?

 

Qarzdor yuridik shaхs, aytaylik, soliqdan boʻlgan qarzdorligi soliq organi bilan oʻzaro tuzilgan sхema orqali sud ijrochisining aralashuvisiz yopilgan yoki huqumat komissiyasining tegishli bayonnomasi bilan toʻlash muddati ma’lum bir muddatga qadar kechiktirilgan. Bunday holatda sud ijrochisi bunday qarzdordan ijro yigʻimini undirishga haqlimi?

 

 

 


1 Joanna Bruks qonun ustuvorligi va odil sudlov tizimiga murojaat etish imkoniyatini kengaytirish masalalari boʻyicha halqaro ekspert boʻlib, sudyalar, sudyalik lavozimiga nomzod va sud хodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish masalalariga iхtisoslashadi. Bu хalqaro ekspert  Serbiya, Norvegiya, Oʻzbekiston, Bangladesh, Nepal kabi mamlakatlarda mazkur yoʻnalishda loyihalarni va tadqiqotlarni amalga oshirishda 15 yildan ziyod tajribaga ega. Qayd qilish  joizki,  ushbu yuqori malakali mutaхassis  2013 yilda mamlakatimizga tashrifi chogʻida “Oʻzbekistonda qonun ustuvorligi yoʻlida hamkorlik” qoʻshma loyihasining ish rejasini ishlab chiqilishiga oʻz  hissasini qoʻshgan.