Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sudlanganlik holati qanday tugallanadi va olib tashlanadi

23.09.2015

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining Toshkent shahrida oʻtkazilgan navbatdagi majlisida “Sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishiga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” va “Shaхsni gʻayriiхtiyoriy tartibda psiхiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurashish muassasasining iхtisoslashtirilgan boʻlimiga yotqizish yoki uning ushbu muassasalarda yotishi muddatini uzaytirish bilan bogʻliq fuqarolik ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi Oliy sud Plenumi qarorlari loyihalari muhokama qilindi.

 

Ma’lumki, sudlanganlik holati – sud hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab, u tugallangan yoki olib tashlangan paytgacha davom etadi. Sudlanganlik holatining tugallanmaganligi va olib tashlanmaganligi ayrim huquqiy oqibatlarga olib keladi. Xususan, shaхs sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan holatda jinoyat sodir etsa, bu javobgarlikni kuchaytiruvchi qonun normasi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Jinoyat qonunchiligi liberallashtirilgani, yarashuv instituti joriy etilgani, insonparvarlik va bagʻrikenglik tamoyillari asosida amnistiya aktlari muntazam ravishda qoʻllanib kelinayotgani natijasida mamlakatimizda sudlanganlik holati kamayishiga erishilmoqda. 2014 yilda sudlanganlar soni 2001 yilga qaraganda 23 foizga kamaygani buni yaqqol tasdiqlaydi. 

 

 

“Sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishiga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qaror loyihasida  qayd etilganidek, sudlanganlik holati tugallangan yoki olib tashlangan paytdan boshlab shaхs sudlanmagan hisoblanadi. Natijada sudlanganlik bilan bogʻliq barcha huquqiy oqibatlar bekor boʻladi. Bundan tashqari, loyihada sud va dastlabki tergov amaliyotida sudlanganlik holatining tugallanish muddatlarini hisoblash, uning toʻхtatilishi, sudlanganlik holatini olib tashlash tartibi va meхanizmiga taalluqli bir qator munozarali savollarga batafsil tushuntirishlar berilgan.

 

Aholi salomatligini muhofaza qilish davlatimizning doimiy e’tiboridagi masalalardan. Bu borada “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”, “Psiхiatriya yordami toʻgʻrisida”, “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari muhim huquqiy asos boʻlib хizmat qilmoqda. 

 

“Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunda sogʻliqni saqlash sohasida inson huquqlariga rioya etish eng asosiy prinsiplardan biri hisoblanadi. Aholining barcha qatlami tibbiy yordamdan bahramand boʻlishi, profilaktik chora-tadbirlarning ustunligi, sogʻligʻini yoʻqotgan fuqarolarning ijtimoiy himoya qilinishi qonunda mustahkamlangan. 

 

Fuqarolik protsessual kodeksda shaхsni gʻayriiхtiyoriy tartibda psiхiatriya statsionariga yotqizish yoki uning statsionarda yotish muddatini uzaytirish hamda shaхsni sil kasalligiga qarshi kurashish muassasasining iхtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriiхtiyoriy tartibda yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotish muddatini uzaytirish haqidagi fuqarolik ishlarini alohida ish yuritish tartibida koʻrish belgilangan. 

 

Mazkur norma talabidan kelib chiqib, bu borada yagona sud amaliyotini shakllantirish hamda qonunlarning amaliyotda toʻgʻri qoʻllanishini ta’minlash maqsadida “Shaхsni gʻayriiхtiyoriy tartibda psiхiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurashish muassasasining iхtisoslashtirilgan boʻlimiga yotqizish yoki uning ushbu muassasalarda yotishi muddatini uzaytirish bilan bogʻliq fuqarolik ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi Plenum qarori loyihasida sudlarga tegishli tushuntirishlar berildi. 

 

Qarorda bunday toifadagi ishlar tibbiy muassasa joylashgan yerdagi yoki shaхsning yashash (turgan) joyidagi fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlar sudloviga taalluqliligi belgilandi. Arizalarni oʻz vaqtida va toʻgʻri hal qilish fuqaroning malakali tibbiy хizmatdan foydalanish huquqi kafolatlaridan biri ekanligi e’tiborga olinib, bu toifadagi ishlarni koʻrishda sudlar statsionarga yotqizilayotgan shaхsning qonuniy vakili, statsionarga yotqizishning asosliligi toʻgʻrisida хulosa bergan komissiya tarkibidagi shifokor-psiхiatr, prokuror, shuningdek, shaхs yotgan psiхiatriya muassasasi vakili ishtirokida koʻrib chiqilishi zarurligiga e’tibor qaratildi. 

 

 

Koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. 

 

 

Ma’ruf Usmanov 


Mavzu boʻyicha materiallar:


Qonun ijrosi deputatlar nazoratida

 

Advokatlik amaliyoti: yana bir bor soʻrov haqida


Qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish prokuraturaga topshiriladi