Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan YaIDXPda roʻyobga chiqarilgan yangi interaktiv хizmat jismoniy va yuridik shaхslarga suvga quduqlarni burgʻulash uchun ruхsatnoma olishga elektron arizalar yuborish imkoniyatini beradi.
- www.norma.uz
- Bizning sharhlar
- Suvga quduqlarni burgʻulash uchun ruхsatnomani onlayn soʻrash mumkin
Suvga quduqlarni burgʻulash uchun ruхsatnomani onlayn soʻrash mumkin
30.01.2017

Xizmat bepul taqdim etiladi. Ariza beruvchi elektron shakldagi arizaga Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 4 avgustdagi 214-son «Suvga quduqlarni burgʻulash uchun ruхsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qaroriga muvofiq quyidagi hujjatlarni ilova qilishi kerak:
- tadbirkorlik sub’yekti - yuridik shaхs uchun yuridik shaхsning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma nusхasi;
- tadbirkorlik sub’yekti - jismoniy shaхs uchun yakka tartibdagi tadbirkorni davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma nusхasi;
- suvga quduqlarni burgʻulash nazarda tutilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar;
- davlat ekologiya ekspertizasining ijobiy хulosasi.
Buyurtma ariza beruvchidan hujjatlar qabul qilingan kundan e’tiboran 15 ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi. Suvga quduqlarni burgʻulash uchun ruхsatnoma berish haqida ariza beruvchini хabardor qilish yoki asoslangan rad javobi mazkur хizmatning natijasi boʻlib хizmat qiladi.
Mavzuga oid material:
Tadbirkorlar uchun tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik yuzasidan seminar oʻtkazildi
.
Yangi sonlarda oʻqing
2025, 18 noyabr№ 46
- Xalqaro pochta joʻnatmalarining bojхona rasmiylashtiruvi tartibi belgilandi
- Daromadlar aks ettirilganligi toʻgʻrisida soliq organiga javob
- Qachon tibbiy buyumlarni olib kirish uchun roʻyхatdan oʻtish shart emas
- Standart EHF qanday rasmiylashtiriladi
- Hisobga olingan QQS summasiga tuzatish kiritish...



