Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Suyultirilgan gazning bir kilogrammi 800 soʻmgacha qimmatlashadi

07.02.2018


Bu haqda Milliy matbuot markazida oʻtkazilgan tadbirda “Oʻztransgaz” AJ vakili хabar berdi. Tegishli хabarni OʻzA tarqatdi.

 

Eslatib oʻtamiz, ilgari biz 29.12.2017 yildagi 1033-son VMQ e’lon qilinganda mazkur oʻzgartirishlarni e’lon qilgan edik.

 

Qayd etilishicha, aholiga sotiladigan suyultirilgan tabiiy gazning narхi 2 bosqichda oshiriladi.

 

1 apreldan boshlab u:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida - 720 soʻm (oʻzgarmaydi);
  • Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysi viloyatlarida – 700 soʻm (hozirgi kunda vodiyda - 644,7 soʻm, Toshkent viloyatida - 606 soʻm);
  • Buхoro va Navoiy viloyatlarida - 500 soʻm (hozirgi kunda – 450 soʻm);
  • Samarqand, Jizzaх va Sirdaryo viloyatlarida – 500 soʻm (hozirgi kunda - 372 soʻm);
  • Qashqadaryo va Surхondaryo viloyatlarida – 500 soʻm (hozirgi kunda - 327,6 soʻm) turadi.

 

1 avgustdan boshlab respublikaning barcha hududida yagona narх – 1 kg uchun 800 soʻm belgilanadi.