Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
26 martdagi yigʻilish yakunlari: JShDS hisoboti boʻyicha qaysi takliflar Soliq qoʻmitasi tomonidan qabul qilindi va qaysilari rad etildi17-29 aprel – ACCA barcha aхborot tizimlarining qayta ishga tushirilishi: talabalar uning boshlanishidan oldin nimalarga ulgurishlari kerakTMZ qoldiqlari boʻyicha «Xabarnoma»: nima uchun umumiy ovqatlanish «nazoratga olindi» va nima qilish kerakImport operatsiyalari qanday amalga oshirilishi kerak

Hukumat aholi uchun suyultirilgan gazning narхlarini tasdiqladi

09.01.2018

 

Vazirlar Mahkamasining 29.12.2017 yildagi 1033-son qarori bilan aholiga kundalik hayotda iste’mol qilish uchun sotiladigan suyultirilgan gazning chakana narхlari tasdiqlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 4.09.2017 yildagi PQ–3253-son qarori bilan suyultirilgan gazni respublikamiz aholisiga sotishda 1994 yil 1 oktyabrdan boshlab qoʻllanib kelinayotgan kelishilgan (erkin) narхlar oʻrniga yagona qat’iy belgilangan narхga oʻtish koʻzda tutilgan.

 

Yagona chakana narхga oʻtish ikki bosqichda amalga oshiriladi. «Oʻztrangaz» AJ va uning gaz ta’minoti boʻyicha hududiy filiallari kundalik hayotda iste’mol qilish uchun suyultirilgan gazni quyidagi tarzda sotadi:

  • 2018 yil 1 apreldan boshlab ­– hududlar kesimida oʻzgaradigan narх boʻyicha: 1 kg uchun QQSni hisobga olgan holda 500 dan 720 soʻmgacha;
  • 2018 yil 1 avgustdan boshlab – yagona narх boʻyicha: 1 kg uchun QQSni hisobga olgan holda 800 soʻm. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 


 

Oleg Zamanov.