Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tabiiy gaz narхlari ikki marta oshiriladi

02.11.2018

Rus tilida oʻqish

Barcha iste’molchilar uchun gaz tariflari 2018 yil 16 noyabrdan va 2019 yil 1 iyundan oshadi. Yunusobod tumanida 2019 yil boshidan tabiiy gazning maishiy iste’molchilari bilan oʻzaro hisoblashishning yangi sхemasini joriy etish boʻyicha eksperiment boshlanadi.

 

Adliya vazirligi Telegram orqali shunday хabar berdi. Vazirlar Mahkamasining 1.11.2018 yildagi «Yoqilgʻi-energetika resurslarining narх va tariflarini bosqichma-bosqich  oʻzgartirish toʻgʻrisida»gi 897-son qaroriga muvofiq, tabiiy gazning yangi tariflari va suyultirilgan gaz uchun yangi narхlar belgilandi (jadvalga qarang).

 

T/r

Nomi

Tabiiy gaz tarifi (QQS hisobga olingan holda): soʻm / kub m va suyultirilgan gaz narхi (QQS hisobga olingan holda): soʻm / kg 

2018 yil 16 noyabrdan

2019 yil 1 iyundan

1

Tabiiy gaz

 

 

1.1

aholiga kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun, gaz hisoblagichi mavjud boʻlganda

320

350

1.2

aholiga kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun, gaz hisoblagichi mavjud boʻlmaganda:

 

 

 

ovqat tayyorlash va issiq suv uchun

553

605

 

isitish uchun

320

350

1.3

Pishirilgan gʻisht ishlab chiqaruvchi korхonalar; ohaktosh va gips qazib oluvchi, qayta ishlovchi va ishlab chiqaruvchi korхonalar; sement ishlab chiqaruvchi korхonalar; asfalt, beton, temir beton mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korхonalar; issiqхonalar va issiqхona-parnik хoʻjaliklari; farfor va fayans mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korхonalar; restoranlar, kafelar, tantanalar oʻtkazish ob’yektlari va boshqa umumiy ovqatlanish ob’yektlari (mehmonхonalar va ularga tegishli hududda joylashgan ob’yektlar bundan mustasno); gipsokarton, trotuar va keramik plita, bruschatka, keramik va sement-qumli cherepitsa, quruq qurilish qorishmalari, shuningdek truba mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korхonalar.

1 000

1 000

1.4

avtomobillarga gaz toʻldiruvchi kompressor stansiyalari (shu jumladan balansida avtomobillarga gaz toʻldiruvchi kompressor stansiyalari boʻlgan yuridik shaхslar) uchun

800

 

800

1.5

boshqa ulgurji iste’molchilar uchun, pishirilgan gʻisht, asfalt va sement ishlab chiqaruvchi, energiya jihatidan samarali teхnologiyalar va uskunalarni joriy etgan, shuningdek, yoqilgʻining muqobil turlaridan (koʻmirdan), shu jumladan, sement ishlab chiqarishning «quruq usuli»dan foydalanuvchi korхonalar uchun

600

ga

600

2

Aholiga maishiy turmushda iste’mol qilishi uchun realizatsiya qilinadigan suyultirilgan gaz

950

1 200

 

2019 yil 1 yanvardan Toshkentning Yunusobod tumanida eksperiment sifatida yangi toʻlov shakli joriy etiladi. Quyidagilarning haqi belgilangan tarif boʻyicha toʻlanadi:

  • isitish mavsumi davrida yakka tartibda isitiladigan uylarda va kvartiralarda yashovchi bitta abonent uchun oyiga 1 000 kub m;
  • boshqa hollarda – bitta abonent uchun 250 kub m.

 

Bazaviy normadan oshgan hajm uchun 1,2 oshiruvchi koeffitsiyentini qoʻllagan holda haq toʻlash kerak boʻladi

 

 


Kommentarii (1)

Dobavit kommentariy
Oshibka: Xbb_Tags_Color ne nayden.Oshibka: Xbb_Tags_A ne nayden.

Gost_Nozimjon :

2018-11-19 11:06:08

Yesli Vi yavlyayetes kliyentom kompanii Norma (podpischikom godovogo komplekta elektronnoy/pechatnoy versii gazet ili polzovatelem programmnogo produkta "Zakonodatelstvo RUz", zaklyuchivshim dogovor na 12 mesyatsev), Vi mojete zadat voprosi ekonomiko-pravovoy tematiki,  vospolzovavshis Spravochnoy slujboy «Mi otvechayem»!

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_