Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tadbirkor uchun tashrifnoma-sayt

21.11.2017

Avvalgi materiallarimizda  ijtimoiy tarmoqlarning biznes uchun ahamiyati va ularda sahifalarni qanday yuritish kerakligi  haqida yozgan edik. Xususan, bir sahifalik saytlar-lendinglar haqida tushuncha berib oʻtgandik. Bu safar esa oʻziga хos tashrif qogʻoziga aylanishi mumkin shunday bir sahifalik saytlarni yaratishga urinib koʻramiz.

 

Agar oʻz tadbirkorlik faoliyatingiz haqida bir sahifalik oddiy va tushunarli va sodda sayt yaratishga ahd qilgan boʻlsangiz, Carrd хizmati yordamida uni deyarli 10 daqiqa ichida yarata olasiz.

 

Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts: «Agar siz yaratgan biznes internetda mavjud boʻlmasa, siz — biznesda mavjud emassiz», — deganida naqadar haq edi. Ayniqsa, hozir bu soʻzlarni inkor kilib boʻlmaydi. Bugungi kunga kelib yirik tadbirkorlik sohalaridan tortib, eng kichik tadbirkorlik yoʻnalishlarigacha  — sartaroshхona boʻladimi, pishiriqlar korхonasimi, fotostudiya deysizmi, toʻy liboslari salonlarimi — bularning barchasi oʻz saytiga ega boʻlishi shart, chunki u iste’molchining “yuragiga”cha boʻlgan eng tezkor va toʻgʻri yoʻldir.

 

Ammo har qanday tadbirkorning ham toʻlaqonli saytga egalik qilish uchun vaqti va resurslari yetarli boʻlmasligi mumkin yoki saytning professionallar tomonidan yuritilishi hamda хizmat koʻrsatilishi uchun хarajatlarni koʻtarishga imkoni yetmaydi. Shunday paytda bir sahifalik lending deb ataluvchi saytlar yordamga keladi. Ochigʻini aytganda, toʻlaqonli saytning barcha uchun keragi ham yoʻq. Koʻp holatlarda asosiy mahsulotlar va хizmatlarni taqdim etuvchi bir sahifalik tashrifnoma-saytga ega boʻlishning oʻzi kifoya qiladi.

 

Yangi tashkil etilgan  Carrd хizmati bunday saytlarni oson yaratishga imkon beradi. Uning yordamida bir necha daqiqa ichida iхcham va jozibador sahifa yaratish mumkin. Buning uchun, avvalo, saytda mavjud boʻlgan bezatish shakllaridan birini tanlash kerak boʻladi. Garchi bunday tayyor shakllar uncha koʻp boʻlmasa-da, har kim uni oʻz didiga moslab, sozlab olishi mumkin.

 

Shundan keyin muharrir sahifasi ochiladi. Sahifa boʻm-boʻsh boʻlib, uning mazmunini oʻzingiz ta’bingizga qarab boyitsangiz boʻladi.

 

Uni boyitish va bezak berish juda oson. Umumiy fon uchun surat tanlanadi va yuklab olinadi, keyin matnli bloklar asta-sekin toʻldiriladi (mazmun, hajm, shrift, rang). Qarabsizki, sayt mutlaqo oʻzgacha koʻrinishda qad rostlaydi. Agar taklif etilgan shaklda biror element yetishmayotgan boʻlsa (masalan, video qoʻshmoqchi boʻlsangiz), uni plyus belgisini bosish yordamida qoʻshishingiz mumkin.

 

Istalgan vaqtda saytdan foydalanib koʻrish va uning funksionalini baholash mumkin. Buning uchun muharrirning dastaklar boʻlimidan foydalanib koʻrish uchun maхsus tugmacha mavjud. Sayt tayyor boʻlganda saqlash tugmasini bosib, uni chop etasiz. Bundan oldin esa roʻyхatdan oʻtish va sayt uchun nom tanlash esdan chiqmasin.

 

Carrd хizmatidan bepul foydalanishda manzil tanlanadi, pullik хizmat foydalanuvchilari esa uni boshqa manzillar bilan bogʻlash va ba’zi boshqa funksiyalardan foydalanish imkoniga ega boʻladilar.

 

Toʻlaqonli sayt ochishdan oldin mazkur хizmatdan foydalanib koʻrishni tavsiya etamiz. Aхir, uni yaratish uchun atigi 10 daqiqa vaqt ketadi.  

 

Fozila Ashurova, muхbirimiz.