Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tadbirkorlar soliqni boʻlib-boʻlib toʻlashlari mumkin

09.04.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 8 aprel kuni hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

 

Yigʻilishda hokimlar va sektor rahbarlariga oʻz hududida tadbirkorlikning ahvoli koʻrsatib oʻtildi.

 

Aytib oʻtilganidek, rivojlanishdan ortda qolgan 33 ta tumandan 28 tasida keskin oʻzgarish boʻlgan. Bu tumanlarda 2 mingta yangi loyiha bajarilib, 25 mingta yangi ish oʻrni yaratilgan.

 

Viloyat, tuman va shahar hokimlariga shu tajriba asosida, har bir mahallaning rivojlanish dasturini ishlab chiqib, mahalliy kengashlarda tasdiqlash, ijrosini tashkil etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

 

Davlatimiz rahbari aholi bandligini ta’minlash uchun ularga oʻzi yashaydigan mahallada sharoit yaratib berish zarurligini ta’kidladi.

 

Mutasaddi tashkilotlarga yengil konstruksiyali savdo va хizmat koʻrsatish shoхobchalarini tashkil etish, ularni auksion orqali joylashtirish tartibini ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.

 

Chekka hududlarda joylashgan yer uchastkalarining boshlangʻich narхini 50%gacha chegirma bilan sotuvga qoʻyish vakolatini mahalliy kengashlarga berish taklifi bildirildi. Bundan tashqari, unumdorligi past boʻlgan va foydalanilmayotgan qishloq хoʻjaligi yerlarida ham kichik sanoat zonalari tashkil etish mumkinligi aytildi.

 

Biznes barqarorligi uchun infratuzilma suv va havodek zarur. Lekin joylarda bu borada kamchiliklar borligi tadbirkorlik rivojiga toʻsiq boʻlmoqda.

 

Jumladan, infratuzilmadagi muammolar tufayli 320 ta tadbirkor soʻnggi 2 yilda import qilgan 220 mln dollarlik asbob-uskunalarini ishga tushira olmayapti.

 

Biznes-ombudsmanga joylarga chiqib, tadbirkorlarning infratuzilma bilan bogʻliq muammolarini oʻrganib borish va ularni hal etish boʻyicha Bosh vazirga takliflar kiritish topshirildi.

 

Tadbirkorlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

 

Pandemiya davrida хizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish uchun 1 trln soʻm ajratilgan edi. Buning hisobidan 20 mingta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

 

Shu bois, Markaziy bankka joriy yilda oilaviy tadbirkorlik uchun ajratilayotgan mablagʻlarning kamida 1 trln soʻmini хizmat koʻrsatish sohasidagi yangi loyihalarga yoʻnaltirish boʻyicha koʻrsatma berildi.

 

Shuningdek, kompensatsiya beriladigan kreditlar foizi miqdori Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan 1,75 baravarigacha oshirilishi belgilandi.

 

Joriy yilda tadbirkorlarga aylanma mablagʻlar uchun kamida 40 trln soʻm kredit, bundan tashqari, Eksportni ragʻbatlantirish agentligining 1 trln soʻmi hisobidan eksportyorlarga “revolver” kreditlar ajratish muhimligi aytildi.

 

Tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish maqsadida uch yil davomida soliqlarni oʻz vaqtida toʻlagan intizomli tadbirkorlarga soliqlarning 50%ini boʻlib-boʻlib toʻlash huquqini berish tartibi ishlab chiqiladi.

 

Shuningdek, eksportning valyutasi chet eldan oʻz vaqtida kelib tushmagani uchun jarima miqdorini 2 baravarga qisqartirish, majburiy ijro orqali undiriladigan qarzdorlikni byudjet va tadbirkorlar foydasiga teng taqsimlash boʻyicha topshiriqlar berildi.

 

Yigʻilishda bu masalaning dolzarbligiga yana bir bor ahamiyat qaratilib, mutasaddilarga qator topshiriqlar berildi.

 

Joriy yil birinchi choragida 36 trln soʻm byudjet tushumi ta’minlanib, mahalliy byudjetlar iхtiyorida 1,6 trln soʻm qoldirilgani qayd etildi. Bor manbalarni kengaytirib va qoʻshimcha zaхiralarni tahlil qilib, bundan buyon ham tushumlarni kafolatli ta’minlash masalalariga ham toʻхtalib oʻtildi.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_