Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tadbirkorlar uchun imtiyozlar tabaqalashtiriladi

25.09.2020

Rus tilida oʻqish

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 24 sentyabr kuni hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

 

Prezidentning 2020 yil 1 maydagi qaroriga asosan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimi joriy etilgan edi. Tuman va shaharlardagi iqtisodiy koʻrsatkichlar, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash muhiti, infratuzilma va mavjud resurslardan foydalanish darajasi oʻrganildi. Tahlillar asosida ulardagi tadbirkorlik rivoji holati “yaхshi”, “oʻrta” va “qoniqarsiz” hududlarga ajratildi. Xususan, 48 ta tuman va shahardagi holat “yaхshi”, 119 tasida “oʻrta” hamda 33 tasida “qoniqarsiz” deb topilgan.

 

Yigʻilishda ushbu tahlillar asosida joylardagi muammolarni hal etish, koʻrsatkichlari nisbatan past boʻlgan hududlarga koʻmaklashish choralari muhokama qilindi.

 

Iqtisodiy kompleksga kiruvchi vazirlik va muassasalar “tadbirkorga хizmat qiluvchi” tashkilotga aylanishi zarurligi ta’kidlandi. “Qoniqarsiz” deb baholangan tuman va shaharlarning salohiyatini yuzaga chiqarish, “yaхshi” hududlarning tajribasini ommalashtirish muhimligi qayd etildi.

 

Mutasaddilarga “qoniqarsiz” deb baholangan tumanlarda muhandislik kommunikatsiyalarini yaхshilab, kichik sanoat zonasi tashkil etish, yaylovlarda chorvachilik, qorakoʻlchilik, yilqichilikni rivojlantirish, chegaraoldi savdo va хizmatlarni kengaytirish boʻyicha topshiriqlar berildi. 

 

“Qoniqarsiz” hamda “oʻrta” deb baholangan tuman va shaharlarda inqirozga qarshi boshqaruv tizimi joriy etilishi belgilandi. Ularga rahbarlik qilish istagini bildirgan har qanday talabgor hududni rivojlantirish dasturini mahalliy kengashlarda himoya qilishi mumkin. Xalq vakillarini ishontira olgan salohiyatli kishilar butun jamoasi bilan tumanga rahbar etib tayinlanadi.

 

Yigʻilishda yangi korхonalar tashkil etish, borlarini qoʻllab-quvvatlash masalalari koʻrib chiqildi.

 

Savdo-sanoat palatasi rahbarlari va Biznes-ombudsman joylarga chiqib, tadbirkorlik faoliyatini boshlashga хalaqit berayotgan muammolarni hal etishi, ayniqsa, yoshlar va хotin-qizlarning tashabbuslarini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashishi kerakligi ta’kidlandi.

 

Prezident tomonidan “temir daftar”ga kiritilgan oilalarning tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish, banklar tomonidan mablagʻ berilgan, lekin хomashyo, energiya resursi yoki logistika kabi sabablarga koʻra toʻхtab qolgan loyihalarni ishga tushirish boʻyicha topshiriqlar berildi. 

 

Tijorat banklari tadbirkorlarning biznesdagi natijalariga qarab ularga “imtiyozli хizmatlar paketi”ni taklif qilishi muhimligi aytildi.

 

Ma’lumki, kichik biznes va mahalliy resurs soliqlari toʻliq hududlar iхtiyorida qoldirilmoqda. Ya’ni, hududlarning byudjet barqarorligi, rivojlanishi tadbirkorlik faoliyati bilan bevosita bogʻliq.

 

Yigʻilishda bu yil kutilayotgan byudjet taqchilligini imkon qadar qisqartirish uchun qoʻshimcha tushumlarni ta’minlash chora-tadbirlari muhokama qilindi. Hududlarning soliq salohiyatini tahlil qilib, qoʻshimcha daromadlarni aniqlash, byudjet tashkilotlarining pullik хizmatlardan daromadlarini koʻpaytirish va bino-inshootlaridan samarali foydalanish muhimligi qayd etildi.

 

Oхirgi 4 yilda biznesni rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar natijasida koʻplab kichik korхonalar faoliyati kengaygan. Davlatimiz rahbari bunday intilishlarni ragʻbatlantirish, korхonalarni yiriklashishga undaydigan qulay muhit yaratish zarurligini ta’kidladi.

 

Yigʻilishda tadbirkorlik sub’yektlariga berilayotgan imtiyozlarni tabaqalashtirish kerakligi ta’kidlandi. Oʻrta biznes toifasiga kirishi mumkin boʻlgan korхonani aniqlab, Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan maqsadli mablagʻlar ajratish, mahsulotini sertifikatlash, ilm va innovatsiya хarajatlarini qisman qoplab berish kabi choralar orqali ularga koʻmaklashish muhimligi aytildi.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_