Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil avgustdan oʻzini oʻzi band qilgan shaхs uchun aylanmadan olinadigan soliqni kim toʻlaydi «Huquqiy targʻibot» tizimi qanday ishlaydi Markaziy bank asosiy stavkani 14% darajasida saqlab qoldiYHQni buzganlik uchun jarimalar: yuridik shaхslar uchun yoʻriqnoma Ishga qabul qilishni qachon rad etish mumkin va qachon mumkin emas

Tadbirkorlik faoliyatini soddalashtirish uchun yangi standartlar joriy etilmoqda

28.07.2017

Oʻzstandart” agentligi ishlab chiqaruvchilar va eksportyorlar faoliyatini soddalashtirishga qaratilgan O’z DSt 3185:2017 yangi standarti, Davlat raqobat qoʻmitasi esa Oʻzbekiston Respublikasi mulkni baholash milliy standarti (15-son MBMS) “Mashina va uskunalar qiymatini baholash” qabul qilinganligini e’lon qildi.

 

O’z DSt 3185:2017 “Xalqaro va mintaqaviy standartlarni Oʻzbekistonning davlat standartlari sifatida qabul qilish” standarti mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarini qoʻllab-quvvatlash, tadbirkorlarning eksport imkoniyatlarini kengaytirish  maqsadida ishlab chiqilib, joriy etilgan. Endilikda, mamlakatimiz amaliyotida birinchi marta, хalqaro standartlar toʻsqinliksiz qabul qilinadi. Standart 2017 yil 1 iyul kunidan amalga kiritilgan.

 

Mulkni baholash milliy standarti (15-son MBMS) “Mashina va uskunalar qiymatini baholash” ham yangilik hisoblanadi, u mashinalar va uskunalar qiymatini baholash sohasida baholash faoliyatini normativ jihatdan tartibga soladi. 15-son MBMSni amal qilishi mashina va uskunalarning qiymatini aniqlash va tegishli baholash natijalarini aks ettirishda qoidalarni belgilashga qaratilgan.