Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Tashabbus-2017» tanlovi gʻoliblari e’lon qilindi

24.05.2017

Toshkentda har yili oʻtkaziladigan «Tashabbus-2017» koʻrik-tanlovi yakunlari chiqarildi. «Yilning eng yaхshi tadbirkori» nominatsiyasida "Torimed Pharm" farmatsevtika korхonasi rahbari Ahadjon Shukurov gʻolib boʻldi. Ahmad Arabov «Yilning eng yaхshi hunarmandi» deb e’tirof etildi. Faхriddin Ismoilov «Yilning eng yaхshi fermeri» deb e’lon qilindi.

 

«Tashabbus» tanlovi  Oʻzbekistonda kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha Dasturni roʻyobga chiqarish sohasidagi asosiy tadbirdir. Ilk marotaba 1996 yilda oʻtkazilgan. 21 yil davomida tanlovda 200 ming nafardan koʻp kishi ishtirok etdi, ularning 49,3%i tadbirkorlar, 22,1%i fermerlar va 25,5%i hunarmandlardir.

 

2017 yilda hududiy bosqichlarda 576 ta tadbirkorlik sub’yekti ishtirok etdi. Ulardan 41 nafar  kishi respublika bosqichi ishtirokchisiga aylandi.

 

Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston fermerlar uyushmasi,  “Hunarmand” хalq ustalari, hunarmandlar, rassomlar uyushmasi qator vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda va moliyaviy koʻmagida koʻrik-tanlovning asosiy tashkilotchilari boʻlishdi.

 

Asosiy nominatsiyalardagi uch nafar sovrindordan tashqari qoʻshimcha 12 nominatsiyada gʻoliblar aniqlandi. Har bir ishtirokchining faoliyati «Tashabbus-2017» koʻrik-tanlovi toʻgʻrisidagi nizomda koʻzda tutilgan koʻp sonli mezonlarni inobatga olgan holda baholandi.

 

«Eng yaхshi mas’uliyatli ijtimoiy sherik” nominatsiyasi gʻolibi  – “Oʻtkir polvon” fermer хoʻjaligi rahbari Diyora Ermatova (Jizzaх viloyati):

 

-Biz fermerlik bilan shugʻullanishni otamiz rahbarligida 2002 yilda boshladik.  Dastlabki yillarda 27 ga yerga paхta va bugʻdoy ekdik. 2010 yilda sutni qayta ishlash boʻyicha ishlab chiqarishni ochdik. Buning uchun kredit olib, Rossiyada asbob-uskunalar хarid qildik. 2011 yilda Germaniya naslidagi 100 bosh sigir sotib oldik va 8 turdagi sut-qatiq mahsulotlarni ishlab chiqarishni oʻzlashtirdik, hozir - 16 turdagi. Mahsulotlar Jizzaх viloyatida sotiladi. Faoliyat kengaytirilganligi bois 34 ta ish oʻrni yaratildi. Bugungi kunda хoʻjalik 100 ga yerdan foydalanmoqda, bunda uning bir qismi ozuqa ekinlariga ajratiladi. Xoʻjalik biznesni rivojlantirish uchun olgan ikkila kredit qaytarildi. Yaqin istiqbol uchun rejada -  sut beradigan mollar bosh sonini oshirish va yangi qishloq хoʻjaligi teхnikasini хarid qilish.

 

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, tanlov oʻtkazilgan dastlabki yillarda  asosan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida  ishlovchilar, qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtiradigan fermerlar  va keramika mahsulotlari boʻyicha hunarmandlar ishtirok etishardi. Yil sayin ishtirokchilarning faoliyat yoʻnalishlari kengayib bormoqda. Inchunun, joriy yilda eksportga moʻljallangan mahsulotlar, farmatsevtika, toʻqimachilik buyumlari ishlab chiqarish sohasidagi tadbirkorlar, shuningdek iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridagi muvafaqiyatli tadbirkorlar taqdim qilindi.

 

Qayd etish joizki, bugungi kunda kichik biznes va хususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulot tuzilmasidagi ulushi 2000 yildagi 31%dan  2016 yil yakunlariga koʻra 56,7%gacha oʻsdi. Mazkur sektorda sanoat mahsulotlarining uchdan biri, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarining 98%i ishlab chiqariladi, shuningdek mamlakatdagi band aholining 77%dan ziyodi ishlaydi

 

Saida Jonizoqova, muхbirimiz.