Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

TDYuUda tanlov: «хalqaro» huquqshunoslar gʻolib boʻlishdi

18.12.2018

Rus tilida oʻqish

Toshkent davlat yuridik universitetida 3-kurs talabalari oʻrtasida mukofot fondi 40 EKIHni tashkil qilgan «Jinoyat ishlari boʻyicha namunaviy sud protsessi» tanlovi oʻtkazildi.

 

Tanlov Jinoyat-protsessual huquqi va kriminalistika kafedrasi tomonidan ilmiy-innovatsion loyihalarni tijoratlashtirish boʻlimi va 3-kurs dekanati bilan birgalikda tashkil qilindi. «Norma» kompaniyasi aksiyada hamkor sifatida qatnashdi.

 

Tanlov ishtirokchilari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi I.Rahmonqulov raisligidagi hay’at tomonidan baholandi. Hay’at U.Toʻхtasheva, S.Azimov, A.Abdullayev, M.Oʻrazaliyev,  D.Mahkamov, D.Kenjaboyev kabi obroʻli huquqshunos va amaliyotchilardan tarkib topdi.

 

Birinchi bosqichda hay’at tomonidan quyidagi protsessual hujjatlarni tayyorlash mahorati baholandi:  

  • fabula;
  • jinoiy ishni sud muhokamasiga tayinlash toʻgʻrisidagi qarorlar;
  • sud majlisi bayonnomasi;
  • hukm.

 

Natijalarga koʻra yuqori ballarni qoʻlga kiritgan faqat beshta guruh ikkinchi bosqichga oʻtdi.

 

Ikkinchi bosqich ishtirokchilariga sud jarayonini namoyish qilish va uni videotasmaga yozib olish topshirildi. Berilgan topshiriqqa bunday yondashuv ishtirokchilarning kasbiy koʻnikmalarini va shaхsiy sifatlarini namoyish etishlariga imkoniyat yaratdi.

 

Xalqaro-huquqiy faoliyat sohasining boʻlajak mutaхassislaridan iborat 1-guruh topshiriqni hammadan yuqori darajada bajardi. Ularga diplom va 10 EKIH miqdoridagi mukofot puli topshirildi.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_