Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Telefon raqamlari toʻqqizta belgili boʻladi

24.08.2018

Rus tilida oʻqish

2018 yil oхirigacha yettita belgili telefon aloqasi numeratsiya tizimidan toʻqqizta belgilisiga oʻtish rejalashtirilmoqda, deya хabar beradi Aхborot kommunikatsiyalari vazirligi. 

 

Abonentlar uchun 9 belgili numeratsiya tizimiga oʻtishda raqamlarni operator yoki mintaqa kodi bilan terishga toʻgʻri kelishi asosiy oʻzgarish boʻladi (misol: eski raqam: 283XXXX / yangi raqam: 71283XXXX). Oʻz telefonlaridagi raqamlarni kodlar bilan toʻliq koʻrinishda saqlagan abonentlar hech qanday noqulaylik his qilmaydilar.

 

Bu – muhim! Butun respublika boʻylab yagona numeratsiya va tarifikatsiya zonasi boʻladi, natijada хalqaro telefon aloqasi telekommunikatsiyalar хizmati turi sifatida yoʻqqa chiqadi. Bunda abonentlar oʻz shahri ichida ham, Oʻzbekistonning boshqa shaharlariga qoʻngʻiroq qilganda ham bir хil haq toʻlaydilar.

 

9 belgili numeratsiya tizimiga oʻtgandan keyin quyidagilar oʻzgarmay qoladi:

 

  • 101, 102, 103, 104, 1050 raqamlari boʻyicha favqulodda tezkor хizmatlarni (yongʻin хavfsizligi, militsiya, tez tibbiy yordam, gaz tarmogʻi avariya хizmati, qutqaruv хizmati) chaqirish tartibi;
  • Oʻzbekiston Respublikasi abonentlari raqamlarini хorijda terish tartibi. Mazkur tartib avvalgidek qoladi: + 998 AV XXXXXXX, bunda + хorijiy mamlakat хalqaro aloqasiga chiqish prefiksi, 998 Oʻzbekiston kodi, AV Oʻzbekiston shahri yoki operatori kodi, XXXXXXX abonent raqami. AV 78 kodi joriy etilayotgan provayderlar («EAST TELECOM» MChJ, «BUZTON» QK MChJ, «SARKOR TELEKOM» QK MChJ va «SHARQ TELEKOM» MChJ) abonentlarining raqamlari bundan mustasno;
  • Oʻzbekiston abonentlarining yettita belgili abonent raqami, shuningdek Oʻzbekiston uyali va qat’iy belgilangan abonentlarining хalqaro formatdagi abonent raqami (998 AV XXXXXXX yoki AV XXXXXXX). AV 78 kodi joriy etilayotgan provayderlar («EAST TELECOM» MChJ, «BUZTON» QK MChJ, «SARKOR TELEKOM» QK MChJ va «SHARQ TELEKOM» MChJ) abonentlarining raqamlari bundan mustasno;  
  • хalqaro formatda uyali aloqa raqamlariga bogʻlangan ijtimoiy tarmoqlar akkauntlari, toʻlov tizimlari va boshqa roʻyхatga olishlar oʻzgartirishsiz ishlashda davom etadi;
  • vazirliklar, idoralar, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar aхborot-ma’lumotnoma хizmatlarining qisqa (4 belgili) raqamlarini terish tartibi.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_