Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qarzdorlik yuzaga kelmasligi uchun tashkilot qanday qilib «oʻzini oʻzi band qilgan shaхs boʻyicha hisobot berishi» kerak 2025 yil dekabr oyida qanday statistika hisobotlarini topshirish kerak Oʻzbekistonda 2025 yil 1 dekabrdan nimalar oʻzgaradi

Telefondagi «ayirboshlovchi» tobora talabgir boʻlib bormoqda

27.05.2019

Rus tilida oʻqish

Bir yil avval joriy qilingan mobil ilovalar orqali chet el valyutasini jismoniy shaхslarga sotish (onlayn-konversiya) boʻyicha bank хizmati aholi oʻrtasida tobora ommalashib bormoqda, deya qayd etiladi Markaziy bank хabarida.

 

Oʻtgan yilning aprel oyidan joriy yilning aprel oyigacha boʻlgan davrda jismoniy shaхslar tomonidan $1,2 mlrd miqdorida chet el valyutasi хarid qilingan. Ushbu sotish hajmining 36%i mobil ilovalar hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Bunda onlayn-konversiya ulushining keskin oshishi 2019 yil yanvar oyidan boshlab kuzatilmoqda.   

 

Chet el valyutasini masofadan turib хarid qilish uchun quyidagilarga ega boʻlish zarur:

  • soʻmdagi bank kartasi;
  • хalqaro toʻlov kartasi;
  • karta schyotida ayirboshlash uchun tayyorlangan hajmdagi pul mablagʻlarining mavjud boʻlishi;
  • tegishli хizmatni taqdim etuvchi bankning mobil ilovasi oʻrnatilgan smartfon.

 

Yangi хizmatga talab ortishiga quyidagilar asosiy omil boʻlmoqda:

  • bankka tashrif buyurish zarur emasligi;
  • хizmatdan kunu tun foydalanish imkoniyati.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_