Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toshkent bozorlaridagi yigʻimlar va ijara toʻlovlari miqdorlari tasdiqlandi

23.03.2016

Toshkent shahri hokimi tomonidan bozorlar va savdo komplekslari ma’muriyati tomonidan tadbirkorlardan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va koʻrsatiladigan хizmatlar qiymatining yangi miqdorlarini joriy etish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

 

Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil  qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi  2010 yil 26 apreldagi PQ-1326-son Qaroriga (“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2010 yil, 17-son, 131-modda) muvofiq qabul qilindi.

 

Qarorga binoan quyidagilar tasdiqlandi:

 

bozorlar va savdo komplekslari ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlarning miqdorlari, 1-ilovaga muvofiq;

 

«Iste'molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan koʻrsatilgan хizmatlar uchun undirib olinadigan toʻlovlar hamda ijara haqi miqdorlari va «O‘rikzor savdo kompleksi» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan koʻrsatilgan хizmatlar uchun undirib olinadigan toʻlovlar hamda ijara haqi miqdorlari, 1.1 va 1.2-ilovalarga muvofiq;

 

bozorlar va savdo komplekslarida inventarlarni ijaraga berish va koʻrsatiladigan хizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning miqdorlari, 2-ilovaga muvofiq;

 

bozorlar va savdo komplekslari balansidagi bino va inshootlardan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlari miqdorlari, 3-ilovaga muvofiq;

 

umumiy foydalaniladigan ob’yektlarni saqlash boʻyicha koʻrsatiladigan majburiy хizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlar miqdori, 4-ilovaga muvofiq.

 

Qarorga ilovalar bilan shu yerda yoki Toshkent shahar hokimligining   www.toshkent.uz  veb-saytida tanishish mumkin.

 

Qaror “Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalarida hamda  www.toshkent.uz  veb-saytida rasmiy e’lon qilingandan uch oy oʻtgandan soʻng kuchga kiradi.

 

 

Mavzu boʻyicha material:

 

Davlat koʻchmas mulkidan foydalanish uchun ijara toʻlovi stavkalari tasdiqlandi