Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat koʻchmas mulkidan foydalanish uchun ijara toʻlovi stavkalari tasdiqlandi

07.01.2016

Toshkent shahar hokimining 2016 yil 4 yanvardagi 1-son qarori bilan 2016 yil uchun Toshkent shahrida davlat koʻchmas mulkidan foydalanish uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari tasdiqlandi.


Toshkent shahrida davlat koʻchmas mulkidan foydalanish uchun ijara toʻlovining belgilangan eng kam stavkalari  quyidagi maqsadlarda qoʻllanadi:

 

- davlat koʻchmas mulkini ijaraga berishda ijara toʻlovi stavkasini aniqlash uchun. VMning 8.04.2009 yildagi 102-son qarori bilan davlat bino va inshootlari boʻyicha ijara toʻlovini hisoblab chiqish formulasi aniqlandi (ijara toʻlovining tayanch stavkasi), biroq hisob-kitob stavkasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan eng kam stavkalardan kam boʻlishi mumkin emas;

 

- yuridik shaхslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olgan soliq solinadigan daromadlarini aniqlash uchun. Prezidentning 22.12.2015 yildagi PQ-2455-son Qaroriga muvofiq koʻchmas mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlar shartnoma bilan belgilangan ijara toʻlovi summasidan, biroq koʻchmas davlat mulkidan foydalanish uchun  ijara toʻlovining eng kam stavkalaridan kam boʻlmagan summadan kelib chiqib aniqlanadigan tartib saqlandi.

 

Masalan, korхona ijaraga ofis uchun bino taqdim qilayapti. Taqdim qilinayotgan ofis binosi maydonining miqdori 120 kv.m ni tashkil qiladi, operativ ijara qiymati shartnomaga binoan oyiga 210 000  soʻm miqdorida belgilangan. Koʻrsatilgan binoni ijaraga berishdan olingan soliq solinadigan daromadni aniqlashda korхona shartnoma boʻyicha olinadigan daromadni ijara toʻlovining tasdiqlangan eng kam stavkalari miqdori bilan taqqoslashi kerak.

 

2016 yil uchun tasdiqlangan ijara toʻlovining eng kam stavkalariga muvofiq ofis binolari uchun yillik ijara toʻlovi stavkasi 1 kv.m uchun 24 000 soʻm miqdorida belgilangan. Egallangan maydondan kelib chiqib Toshkent shahrida 120 kv.m uchun hisob-kitob (soliqlarni hisoblab chiqarish uchun) qiymati 240 000 soʻmni tashkil qiladi (=24 000/12*120).

 

Modomiki u shartnoma qiymatidan yuqori ekan, soliqlarni hisoblashda (foyda soligʻi, QQS, maqsadli jamgʻarmalarga majburiy ajratmalar, soliq solishning soddalashtirilgan tizimi uchun – YaST) soliq solinadigan daromadni aniqlash maqsadida hisob-kitobda ijara toʻlovlarining belgilangan eng kam stavkalari asosida hisoblangan summa aks etadi.

 

Inchunun, olaylik, agar ijaraga beruvchi korхona YaST toʻlovchisi boʻlsa, u holda soliq hisob-kitobi quyidagicha boʻladi:  240 000 *5%= 12 000 soʻm (foiz stavkasi ijara boshqa daromad hisoblanadigan va shunda unga asosiy faoliyat turi stavkasi qoʻllanishi ehtimoli boʻlgan vaziyat yoki korхona savdo maydonini ijaraga beradigan hamda mazkur bino turining ijaraga berilishi ustun boʻlish holatini hisobga olishsiz qabul qilingan).

 

 

Gzal ISLAMOVA,
ekspertimiz.