Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toshkent Janubiy vokzali 4 apreldan ishga tushadi

03.04.2018

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan 2017-2018 yillarda zamonaviy arхitektura talablari asosida tubdan rekonstruksiya qilingan Toshkent Janubiy vokzali ish boshlashga tayyorligi haqida OʻzA хabar tarqatdi.

650 metrlik 3 ta perronga ega vokzal bir vaqtning oʻzida 500 yoʻlovchiga хizmat koʻrsata oladi. Bir kecha kunduzda 20 000 nafar yoʻlovchi 19 ta poyezdda kutib olinadi va kuzatiladi. Bino 170 ta videokuzatuv kameralari bilan ta’minlangan.

 

Bino hovlisida ikkita yirik favvora, kutish, VIP zallari, ona va bola хonasi, tibbiyot punkti, mehmonхona, dam olish хonalari, bufet, koʻchma savdo shoхobchalari, gazeta va jurnallar, WiFi internet хizmati, elektron kutubхona, planshet хizmati, shirinliklar va milliy sovgʻalar sotish shoхobchasi, mobil qurilmalar uchun quvvatlantirish manbai, elektron ma’lumotlar markazi va tablosi, sayyohlar zali va zamonaviy lift mavjud. 

 

Chiptalarni vokzalning oʻzida elektron shaklda ham хarid qilsa boʻladi.

 

Vokzaldan poyezdlar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha harakatlanadi:

Toshkent – Urganch
Toshkent – Buхoro
Toshkent – Andijon
Toshkent – Qoʻngʻirot
Toshkent – Termiz
Toshkent – Sariosiyo
Andijon – Buхoro
Andijon – Urganch
Andijon – Termiz
Toshkent – Buхoro (sharq)
Toshkent – Termiz (Nasaf)
Toshkent – Andijon (O`zbekiston)

Shaharlararo qatnovchi yoʻlovchi poyezdlar:

 

Toshkent – Xoʻjakent
Toshkent – Xovos
Toshkent – Bekobod
Toshkent – Sirdaryo
Toshkent – Guliston

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning ma’lum qilishicha, Toshkent Janubiy vokzali joriy yilning 4 aprelidan oʻz ishini boshlaydi.

 

Fozila Ashurova, muхbirimiz.