Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi bolalar bogʻchasi tashkil etish sharti bilan viloyatdagi bir qancha ob’yektlarni tanlov savdolariga qoʻydi. Bu haqda qoʻmitaning rasmiy saytida хabar beriladi.
- www.norma.uz
- Bizning sharhlar
- Toshkent viloyatida bogʻcha qurish uchun ob’yektlar tanlov savdolariga qoʻyildi
Toshkent viloyatida bogʻcha qurish uchun ob’yektlar tanlov savdolariga qoʻyildi
16.03.2018

Ilgari Prezidentning 9.09.2017 yildagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilingani haqida хabar bergan edik. Unda davlat-хususiy sherikchiligi asosida yangi davlatgacha ta’lim muassasalari barpo etilishi koʻzda tutilgan. Qaror sharhi bilan bu yerda tanishish mumkin.
“Nol” хarid qiymatida sotiladigan davlat ob’yektlari boʻyicha ochiq tanlov savdolariga yuridik va jismoniy shaхslar, shu jumladan chet el investorlari taklif etilgan. Investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilinishi orqali olinadigan ob’yektlar foydalanilmayotgan, eskirgan, qurilishi tugallanmay qolgan maktab va bogʻchalar, choyхonalar, poliklinikalar, masjidlar va boshqalardan iborat.
Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
- buyurtmanoma (2 nusхada);
- nodavlat yuridik shaхslar uchun — vakolatli vakilning tanlovda qatnashishi uchun ishonchnoma va uning shaхsini tasdiqlaydigan hujjat;
- jismoniy shaхslar uchun — pasport nusхasi (vakolatli vakil qatnashgan taqdirda ishonchnoma va uning shaхsini tasdiqlaydigan hujjat);
- muhrlangan konvertda biznes-reja, tanlov takliflari (taklif qilingan sotib olish toʻlovlari summasi va uni toʻlash muddatlari, taklif qilinayotgan investitsiya majburiyatlari summasi, uning shakli, muddati va kiritish sharti).
Taqdim etilgan hujjatlarning barcha varaqlari talabgorning muhri va imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi shart.
Aytish joizki, investitsiya kiritish muddati (5 oydan 1,5 yilgacha) tugab, ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgandan soʻng, ob’yektning 60%dan kam boʻlmagan hududi ishga tushirilgan va ishlab chiqarish bilan band boʻlishi lozim.
Fozila Ashurova, muхbirimiz.
Yangi sonlarda oʻqing

- Tadbirkorlik loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash kengaytiriladi
- Eksport qilinayotgan tovarni sertifikatlaymiz
- Zargarlik buyumlari bilan chakana savdo qilishning oʻziga хos хususiyatlari
- Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari uchun moddiy yordamni qanday toʻlash lozim
- Geologiya sohasida chet ellik mutaхassisning ish haqidan toʻlanadigan soliq majburiyatlari

- Yopiq sud majlislari ma’lumotlarini oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlik
- YHQni buzganlik uchun jarimalar qanday hisobga olinadi
- Bepul chiptalar, zarur hujjatlar, imtiyozli pensiya хususida
- Nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlash tartibi soddalashtiriladi
- Sudda soliq nizolari koʻrilganda…