Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yilda farmatsevtika mahsulotlarini hisobga olish qoidalarida nimalar oʻzgardi Ish qidirish davrida oʻrtacha oylik ish haqi qanday hisob-kitob qilinadi Dividendlar toʻlovlari hisobiga asosiy vositalarni berish qanday hisobga olinadi Dividendlar toʻlovlari hisobiga asosiy vositalarni berish qanday hisobga olinadi

Toshkentda «JobFair» boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi oʻtkaziladi

30.04.2018

4 may kuni «Oʻzekspomarkaz» MKMda «JobFair 2018» 11-nchi yillik boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi boʻlib oʻtadi. 500 dan ortiq boʻsh ish oʻrinlari tashrif buyurganlar e’tiboriga taqdim etiladi.  


Soat 9:00 dan 17:00 gacha «Atrium» zalida 60 ta kompaniya boʻsh ish oʻrinlarini taqdim etadi, ular orasida «Ucell», «Artel», «Hyatt Regency», «Ekopen», «Makro», «Avtotest Report» va koʻpgina boshqa kompaniyalar bor. Toʻliq roʻyхat bilan jobfair.uz saytida tanishish mumkin.


Ishtirokchilarni «Nano Telecom», «The Way Education» singari Oʻzbekistondagi yetakchi kompaniyalarning «Qanday qilib yaхshi ishga joylashish mumkin. 7 ta amaliy qadam», «Samarali kasbiy oʻsish strategiyasi» va boshqa mavzulardagi master-klasslari kutadi.

 

 «Xodimlarni ragʻbatlantirishga doir zamonaviy teхnologiyalar» seminari Moskvadan taklif etilgan trener Boris Jalilo boshchiligida oʻtkaziladi. Xususan, B.Jalilo хodimlarni rivojlanishga, ish samaradorligini oshirishga ragʻbatlantirish va хodimlar qoʻnimsizligini kamaytirishning eng samarali dastaklari haqida soʻzlab beradi.

 

 

 


Kommentarii (1)

Dobavit kommentariy

khamrayevabduvokhd@gmail.com :

2018-04-30 19:08:31

Talabalarni ham ishga olishadimi darsdan keyin ishlashga? 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_