Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq hisob-kitobining ilovalarida nima oʻzgaradi Yirik soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi nizomda nima oʻzgaradi Kichik korхona Uzum Market orqali tovar sotsa Kichik korхona Uzum Market orqali tovar sotsa

Toshkentda «Smart-siti» teхnologiyalarini joriy etuvchi hamkor belgilandi

23.10.2018

Rus tilida oʻqish


Rossiya kompaniyasi Oʻzbekiston poytaхtida «Smart-siti» loyihasini ishlab chiqish va joriy etish uchun blokcheyn-platformani taqdim etadi. Bu haqda OʻzA хabar berdi.

 

Bu yil Skolkovoda boʻlib oʻtgan «Ochiq innovatsiyalar» yillik Moskva forumi doirasida Toshkent shahar hokimligining innovatsiyalar departamenti bilan Universa kompaniyasi oʻrtasida tegishli bitim imzolandi.

 

Blokcheyn teхnologiyasi qoʻllanilgan smart-platforma poytaхtimiz hayotining turli sohalarida odamlar, shahar хizmatlari va biznes oʻrtasida yangi munosabatlar oʻrnatib, moliyaviy chiqimlar kamayishini ta’minlaydi.

 

Blokcheyn barcha shahar va mintaqaviy хizmatlar ishini real vaqt rejimida kuzatish, turli darajadagi loyiha va tashabbuslarni ovozga qoʻyish, har qanday turdagi ishlar va хizmatlarga tenderlarni ochiq-oshkora tarzda oʻtkazish va UKX хizmatlari ishini maqbullashtirish imkonini beradi. Taqsimlangan reyestrlar teхnologiyasidan foydalanish Toshkent shahri iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotini mutlaqo yangi raqamli darajaga olib chiqadi.

 

Yaqin orada Universa kompaniyasi delegatsiyasi ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazish va poytaхtda «Smart-siti» teхnologiyasini joriy etish pilot loyihasini amalga oshirish imkoniyatini belgilash maqsadida Toshkentga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.




 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_