Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻqib-oʻrganishdan toʻхtamang

18.01.2019

Rus tilida oʻqish

Soliq solishning umumbelgilangan tizimida ishlash murakkab boʻlyaptimi? Rahbariyat tizimga iхtiyoriy ravishda oʻtishga qaror qilganu, siz esa ilgari faqat YaST bilan ishlagan boʻlsangiz kerak? «Norma» PRMda «Beshta soliq - qanday hisoblanadi, toʻlanadi, hisobot topshiriladi» oʻquv kursiga yozilib, zarur bilim va koʻnikmalarni egallashingiz mumkin. 

 

Mazkur turkumdan navbatdagi kurs 2019 yil 23 yanvarda boshlanadi. Uni «Finatex» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori, CIPA sertifikati sohibi, moliya va soliq hisobi sohasida 20 yillik ish tajribasiga ega mutaхassis Irina Podolskaya oʻtkazadi.

 

Kurs doirasida QQS, foyda soligʻi, shuningdek resurs soliqlari – yer, mol-mulk va suv soligʻining hisob-kitobi, toʻlovi va hisobotiga oid qoidalar batafsil koʻrib chiqiladi. Bundan tashqari, Irina Podolskayaga savollaringizni oldindan yuborishingiz yoki mashgʻulot paytida berishingiz mumkin.

 

Kursning 25 kishidan iborat guruhda oʻtkazilishi muloqot qilish va bilimlarni oʻzlashtirish uchun qulay muhit yaratadi. Tanaffuslardagi kofe-breykda boshqa tinglovchilar bilan tajriba almashishingiz mumkin.

 

«Norma» professional rivojlanish markazining koʻp yillik tajribasi shuni koʻrsatdiki, yangi murakkab mavzularni chuqur oʻzlashtirish, amaliy koʻnikmalarni egallash uchun oʻqituvchi oʻtkazgan mashgʻulotning oʻzi yetarli boʻlmaydi. Shu bois «Norma» PRM tomonidan soliqlar boʻyicha onlayn-kurs ishlab chiqildi. Uning yordamida amaliy testlar va topshiriqlar asosida soliq solishning barcha qoidalarini oʻzlashtirish mumkin boʻladi.

 

Tinglovchilarga auditoriya mashgʻulotlari orasida masofaviy kursdan foydalangan holda mustaqil bilim egallash uchun bir necha kun beriladi. Bu, bir tarafdan, oʻtgan materialni mustahkamlash, boshqa tarafdan oʻqituvchiga murakkab va tushunarsiz boʻlgan jihatlar yuzasidan savollarni tayyorlash uchun imkoniyat yaratadi.

 

Masofaviy oʻqishning qoʻllanilishi kurs samaradorligini ancha oshiradi. Tinglovchilar kurs yakunlari boʻyicha oʻtgan test natijalari ham buni tasdiqlayapti.

 

Havola boʻyicha oʻtib kursga yozilish mumkin.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_