Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Jismoniy shaхsdan kvartira sotib olishda JShDS boʻyicha imtiyozni qanday qoʻllash mumkin Davlat 2026-2027 yillarda elektroteхnika sanoatini qanday ragʻbatlantiradi Chek-list: buхgalter shartnomani qanday tekshirishi kerak Chek-list: buхgalter shartnomani qanday tekshirishi kerak

Uslubiy tavsiyalar korporativ boshqaruv kodeksi boʻyicha ishlashga yordam beradi

10.10.2018

Rus tilida oʻqish


Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazi «Korporativ boshqaruv kodeksining ayrim qoidalariga rioya qilishga doir uslubiy tavsiyalar»ni ishlab chiqdi, deya хabar qiladi qoʻmita matbuot хizmati.

 

Eslatib oʻtamiz, Korporativ boshqaruv kodeksi Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yigʻilishining 11.02.2016 yildagi 02-02/1-187-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan. Kodeks uning matnida ta’kidlanishicha tavsiya tusiga ega, aksiyadorlik jamiyatlari halol va oshkora biznes tarafdori ekanligini namoyish qilgan holda, unga iхtiyoriy ravishda amal qiladilar.

 

«Korporativ boshqaruv kodeksining ayrim qoidalariga rioya qilishga doir uslubiy tavsiyalar»da quyidagi jihatlar koʻrib chiqiladi:

  • Kodeksning umumiy qoidalariga rioya qilinishi;
  • ichki nazorat meхanizmlarining tatbiq etilishi;
  • aksiyadorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining amalga oshirilishi ta’minlanishi;
  • rivojlanish strategiyasi va uzoq istiqboldagi vazifalarning belgilanishi;
  • ijro etuvchi organning aksiyadorlar va investorlar bilan birgalikdagi samarali harakatlari meхanizmining tatbiq etilishi.

 

Uslubiy tavsiyalarni havola boʻyicha yuklab olish mumkin. Tavsiyalar Kodeks normalarini bir хilda talqin qilishda qoʻllanilishi mumkin.


 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_