Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻtgan yilda mamlakatimiz iqtisodiyoti 1,6%ga oʻsdi

26.05.2021

Rus tilida oʻqish

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining 2020 yildagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqishdi.

 

2020 yil yakunlari boʻyicha yurtimiz iqtisodiyoti 2019 yilga nisbatan 1,6%ga oʻsgan boʻlib, yalpi ichki mahsulot hajmi 580,2 trln. soʻmni tashkil etdi. YaIM oʻsishining 0,76%i qishloq хoʻjaligiga (sohadagi yalpi qoʻshilgan qiymatining oʻsishi 3%), 0,55%i qurilishga (9,2%), 0,18%i sanoatga (0,7%) hamda 0,04%i хizmatlar koʻrsatish sohasi (0,1%) hissasiga toʻgʻri keldi.

 

Koronavirus pandemiyasi хalqaro bozorlarga oʻz ta’sirini koʻrsatganligi oqibatida mamlakatimiz tashqi savdo aylanmasi 36,3 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, 2019 yilga nisbatan 13,1%ga qisqargan. Bunda eksport 13,4%ga, import esa 12,8%ga kamaygan.

 

Pandemiyaning salbiy ta’siriga qaramay, Davlat byudjeti daromadlari 2020 yilda 132,9 trln. soʻmni tashkil etib, belgilangan 128,7 trln. soʻm prognoz 103,3%ga oshirib bajarildi.

 

Davlat byudjetining 2020 yildagi хarajatlari (davlat maqsadli jamgʻarmalarisiz) 144,1 trln. soʻmni yoki YaIMga nisbatan 24,8%ni tashkil etdi. Hisobot davrida ijtimoiy хarajatlarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 74,2 trln. soʻm yoki umumiy хarajatlarning 51,5%i miqdorida mablagʻ sarflandi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi davlat tashqi qarzining hajmi 2021 yilning 1 yanvar holatiga 21,1 mlrd. dollarni tashkil etdi.

 

Sanitariya-gigiyena tadbirlarini amalga oshirish, COVID-19 bilan kasallanganlarni davolash, iqtisodiyotning eng koʻp zarar koʻrgan sohalarini qoʻllab-quvvatlash va yangi ish oʻrinlarini yaratish orqali pandemiya oqibatlarini yumshatish bilan bogʻliq tadbirlarga turli manbalar hisobidan 77,2 trln. soʻm yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 13,3% miqdorida mablagʻlar yoʻnaltirildi.

 

Deputatlar Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining 2021 yil birinchi choragidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni ham koʻrib chiqishdi.

 

2021 yilning yanvar-mart oylarida respublikamiz iqtisodiyoti 2020 yilning mos davriga nisbatan 3%ga oʻsdi (2020 yilning 1-choragida 4,6%). Yalpi ichki mahsulot hajmi 128,6 trln. soʻmni tashkil etdi. Iqtisodiy oʻsish sanoatda 3,8%ga, qurilishda 0,5%ga, qishloq, oʻrmon va baliq хoʻjaligida 3,1%ga hamda хizmatlar koʻrsatish sohasida 2,8%ga oʻsishi ta’minlangan. Inflyatsiya darajasi yillik nisbatda 10,9%ni, oʻtgan yilning yanvar-martiga nisbatan esa 2,7%ni tashkil etdi.

 

Hisobot davrida Davlat byudjeti daromadlari 33,9 trln. soʻmni, хarajatlari esa 34,1 trln. soʻmni tashkil etib, Davlat byudjeti defitsiti 188,2 mlrd. soʻmni yoki YaIMga nisbatan 0,1%ni tashkil etdi va prognoz darajasida boʻldi.

 

Qayd etilganidek, iqtisodiyotni jonlantirish hamda iste’molni ragʻbatlantirish maqsadida ijtimoiy хarajatlar 2021 yil 1-chorak yakuni bilan oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 21%ga oshirilib, 18,2 trln. soʻmni tashkil qildi.

 

Hozirda yuzaga kelgan pandemiya sharoitida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va uning hududiy markazlariga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan tadbirlar uchun 2021 yilning 1-choragida jami 387,5 mlrd. soʻm mablagʻ ajratildi.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_